107-Dars. from … to / until / since / for

Ingliz tili grammatikasi

Bugun sizlar bilan vaqt predloglarining ishlatilishini o’rganamiz.

  • from … to … – …dan …gacha

We lived in Japan from 2003 to 2010.

Biz Yaponiyada 2003dan 2010gacha yashaganmiz.

I work from Monday to Friday.

Men dushanbadan jumagacha ishlayman.

Siz, shuningdek, toning o’rniga from… until… qo’yilsa ham bo’ladi.

We lived in Japan from 2003 until 2010.

  • Until … – …gacha

They’re going away tomorrow. They’ll be away until Friday.

Ular ertaga jo’nab ketishyapti. Ular jumagacha ketgan bo’lishadi.

I went to bed early, but I wasn’t tired. I read a book until 3 o’clock.

Men ertaroq uxlashga yotdim, ammo charchamagan edim. Men soat 3gacha kitob o’qidim.

Wait here until I come back.

Qaytgunimgacha shu yerda kut.

Shuningdek, siz untilning o’rniga tilldan foydalanishingiz mumkin.

Wait here till I come back.

Qaytgunimgacha shu yerda kut.

Solishtiring:

How long will you be away?’     ‘Until Monday.’

Qachongacha yo’q bo’lasiz?’     ‘Dushanbagacha.’

When are you coming back?’     ‘On Monday.’

Qachon qaytib kelasiz?’               ‘Dushanbada

Since – …dan beri + boshlangan vaqt

  • Biz since dan present perfect zamonida, gapning so’nggida foydalanamiz. Asosan, since vaqtning boshlanish nuqtasida ishlatiladi:

Joe is in hospital.  He has been in hospital since Monday. (= from Monday to now)

Joe kaasalxonada. U dushanbadan beri kasalxonada. (=dushanbadan hozirgacha)

Sue and Dave have been married since 1998. (= from 1998 to now)

Syu va Deyv 1998-yildan beri turmush qurgan. (=1998-yildan hozirgacha)

It has been raining since I arrived.

Men yetib kelganimdan beri yomg’ir yog’ayotgandi.

Solishtiring:

We lived in Japan from 2003 to 2010. Biz Yaponiyada 2003dan 2010gacha yashadik.

We lived in Japan until 2010. Biz Yaponiyada 2010gacha yashadik.

Now we live in Canada.  We came to Canada in 2010.

Hozir biz Kanadada yashaymiz. Biz Kanadaga 2010da kelganmiz.

We have lived in Canada since 2010.   (= from 2010 until now)

Biz Kanadada 2010-yildan beri yashaymiz. (2010dan hozirgacha)

  • For – …dan beri + oraliq muddat (three days / ten years etc.)

Biz fordan oraliq vaqtlarni bildirishda foydalanamiz. Ba’zi gaplarda tarjimasi to’g’ridan to’g’ri bo’lmasligi mumkin:

Gary stayed with us for three days.

Gary 3 kun davomida biz bilan qoldi.

I’m going away for a few weeks.

Men bir necha haftaga jo’nab ketyapman.

I’m going away for the weekend.

Men dam olish kunlari jo’nab ketyapman.

They’ve been married for ten years.

Ular 10 yildan beri turmush qurishgan.

Exercise 1. Quyidagi ma’lumotlarni o’qing va gaplarni to’ldiring. From … to / until / since dan foydalaning.

Answers 2 Alex lived in Canada until2009.
3 Alex has lived in England since 2009.
4 Karen lived in France until2011.
5 Karen has lived in Switzerland since 2011.
6 Clare worked in a restaurant from 2010 to 2012.
7 Clare has worked in a hotel since 2012.
8 Adam was a teacher from2002 to 2008.
9 Adam has been a journalist since 2008.

Endi esa for bilan gaplarni yozing.

Answers 11 Alex has lived in Enland for … years.
12 Karen has lived in Switzerland for… years.
13 Clare worked in a restaurant for two years.
14 Clare has worked in a hotel for… years.
15 Adam was a teacher for six years.
16 Adam has been a journalist for… years.

Exercise 2. Until/since/forni yozing.

Answers 2 until 9 since
3 for 10 until
4 since 11 for
5 Until 12 until
6 for 13 Since
7 for 14 for
8 until
71

107-dars yakuni bo'yicha test.

Savollarni o'qing va to'g'ri javobni belgilang.

1 / 10

I shall work _____ dinner.

2 / 10

It rained ____ three days without stopping.

3 / 10

I work everyday ___ 5pm.

4 / 10

I will wait here ____ 6pm.

5 / 10

I stayed up ________ 5 o'clock in the morning.

6 / 10

Carol lived in Italy______ 2003 till 2006.

7 / 10

_________hours

8 / 10

_________the day I met her.

9 / 10

_________ the end of the year

10 / 10

_______ three months

Your score is

3 6 votes
Article Rating
guest
0 Comments
Inline Feedbacks
View all comments