4-dars. Plurals

Ingliz tili grammatikasi

Ingliz tilida ko’plik (plural) shakli yasash uchun ko’pgina otlarga -s qo’shimchasini qo’shamiz. Masalan: birlikda book bo’lsa undan ko’plik yasash uchun -s qo’shimchasini qo’shsak kifoya: books – kitoblar. O’zbek tiliga -s qo’shimchasi
-lar deb tarjima qilinadi.
one flower – two flowers
one zebra – four zebras
one lion – three lions

Exercise 1. Rasmga qarang, nechta va qaysi hayxonlar borligini yozing.

Answers 2 two lions
3 two snakes
4 two elephants
5 two frogs

Lekin hamma otlarga ham -s qo’shimcha qo’shilmaydi. -s, -ss, -sh, -ch, -x, yoki -o harflari bilan tugagan otlarga ko’plik yasash uchun -es qo’shimchasi qo’shiladi.
one bus – two buses

Exercise 2. Quyidagi mashqda ko’plik shaklini yasang.
1. watch – _________
2. glass – _________
3. tomato – ________
4. brush – ________
5. box – _________
6. dish – ________

Answers 1 watches
2 glasses
3 tomatoes
4 brushes
5 boxes
6 dishes

So’z oxirida undosh harf va y harfi kelgan otlarga y harfini tushirib qoldirib, -ies qo’shimchasini qo’shamiz. Masalan: one baby – two babies
Lekin,

So’z oxirida unli harf va y kelsa, u holda -s qo’shimchasini o’zi qo’shiladi. Masalan: toy – toys
Ko’pgina otlarning ko’plik shakli shu qoidalar asosida yasaladi.

Ammo, ba’zi otlar borki ular bu qoidalarga bo’ysunmaydi. Ularni biz irregular plurals deymiz. Ularning o’zini ko’plik shakli bor bo’lib, -s, -es, yoki -ies emas aynan o’sha shaklini ishlatishimiz kerak bo’ladi. Masalan one man – two men. Ushbu ro’yxatdagi so’zlarga -s qo’shimcha qo’shsak xato bo’ladi. Bu so’zlar ro’yxatini yaxshisi yodlab olganingiz ma’qul. Ular unchalik ham ko’p emas. Ularning ba’zilarini keltirib o’taman:


Exercise 3. Rasmga qarang va ko’plik shaklini yasang.

Answers 2 three mice
3 two feet
4 three fish
5 three children

New words (Yangi so’zlar):

flower – gul
lion – sher
bus – avtobus
watch – qo’l soat
tomato – pomidor
brush – chotka
box – quti
dish – idish
baby – go’dak

 

1015

4-dars yakuni bo'yicha test.

Savollarni o'qing va to'g'ri javobni belgilang.

1 / 10

I have got ___ in London.

2 / 10

Ko’plik shakli to’g’ri yozilgan javobni belgilang.

3 / 10

I put two big _____ in the lunch box.

4 / 10

To’g’ri yozilgan gapni toping.

5 / 10

Ko’plik shakli to’g’ri yozilgan javobni belgilang.

6 / 10

Look at those ___!

7 / 10

Ko’plik shakli to’g’ri yozilgan javobni belgilang.

8 / 10

_____ like the flowers.

9 / 10

To’g’ri yozilgan gapni toping.

10 / 10

Ko’plik shakli to’g’ri yozilgan javobni belgilang.

Your score is

4.1 66 votes
Article Rating
guest
5 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments