Ingliz tilida personal pronouns deganda kishi (shaxs)ni o’rniga ishlatiladigan olmoshlar tushuniladi.
Masalan:
John is my brother. He is my brother. (John mening akam. U mening akam)
Bu yerda John ot bo’lsa, he uning o’rnida ishlatilyapti. Ya’ni shaxs o’rniga qo’llanilmoqda.
Children are playing in the garden. They are playing in the garden.
(Bolalar bog’da o’ynashyapti. Ular bog’da o’ynashyapti).
Ingliz tilida 3ta shaxs mavjud. I-shaxs so’zlovchi, II-shaxs-tinglovchi, III-shaxs boshqa, suhbatga aloqasi
bo’lmagan odam
Birlikda (Singular)
I-shaxs I – men
II-shaxs you – sen, siz
III-shaxs he, she, it – u
Ko’plikda (Plural)
I-shaxs we – biz
II-shaxs you – sizlar
III-shaxs they – ular
Biz he deb faqat erkak kishi yoki og’il bolaga, she deb faqat qiz yoki ayolga, it deb esa narsa buyum va jonivorga nisbatan ishlatamiz. O’zbek tiliga u deb tarjima qilinadi. Ko’plik shaklida esa hammasiga faqatgina they (ular) qo’llaniladi.
Gramatik darslarni hammasini jamlab bitta kitob qilib joylashni iloji bormi
Valekum assalom. Tez orada barcha mavzularga testlar joylanadi
assalomu alaykum test bajarib olgan bilimlarimni sinovdan o’tkazib turgandim bunisida yo’q ekan iltimos test bo’lgani yaxshi edi. test bo’lishini kutib qolamiz
Test
Test boʻlsa yaxshi boʻlardi
hamma darslarga test yuqku qolgani qani
Hamma darslarga testlar yo’qmi
yaxshi