2-dars. A/an artikli

Ingliz tili grammatikasi

Ingliz tilida a/an noaniq artikli otlar oldidan ishlatiladi. A/an ma’nosi bitta, bir degan ma’noda keladi. A book – kitob yoki bitta kitob. A pen – ruchka yoki bitta ruchka. An elephant – fil yoki bitta fil.
A/an artikli faqatgina bitta narsalarga ishlatiladi. Agar biron nimaniko’plikda aytmoqchi bo’lsak a/an ishlatilmaydi.

Misol: a book – two books  (kitob – 2ta kitoblar)
            An elephant – three elephants (fil-3ta fillar)
            A dog – dogs (it-itlar)

A va an asosiy farqi a artiklini consonants(undosh harflar) oldidan an artiklini esa vowels (unli harflar) oldidan ishlatamiz.

Misol:   a ball (kopto’k), a pen (ruchka), a box (quti)
              an ant (chumoli), an owl (ukki), an ostrich (tuyaqush)

Exercise 1. Rasmga qarang a yoki an qo’yib chiqing.

Exercise 2. Mevalarni a yoki an qatorga yozib chiqing.

Yodlash uchun so’zlar: snake-ilon
ant-chumoli
frog-qurbaqa
octopus-sakkizoyoq
cow-sigir
insect-hashorot
bird-qush
lion-sher
alligator-timsoh
donkey-eshak
mouse-sichqon
fish-baliq
horse-ot
bee-asalari
Vazifa: Ushbu yangi so’zlarni a va an bilan yozib chiqing.

Do'stlaringizga ulashing:

13 thoughts on “2-dars. A/an artikli

  1. Katta rahmat, ajoyib! Yana shu xayrli ishingizni davom ettirishingiz tarafdoriman

  2. Ushbu darslar endigina ingliz tilini o’rganayotganlar uchun. Har bitta darsga referat yozganday ma’lumotlar berib ketilsa o’rganaman degan odamni ham ko’ngli sovub ketadi. Shuning uchun, sodda va tushunarli qilib asosiy joyi yozilgan.

  3. Zor hammasi mana shu testlarni yuklab olishni iloji yo’qmi bo’lsa aytib yuboring iltimos

  4. Assalom aleykum shularni qandey yuklab olsam boladi..judayam aniq zor beribsiz rahmat ishlarizga omad

  5. xammasi juda yaxshi, inglis so’zlarining oldidan aytilishi uchun shu so’zning ovozli aytilishini xam qo’shib qo’yishning iloji bo’lsa xaqiqiy repititor darsiday chiqardi

  6. Gap yo bowida a harfi yollar ucun bamisoli fundament vazifasini utaydi lekin cratordan wuni iltimos qilaman yanada soddaro qilib cuntiring

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.