1-dars. Ingliz tili alifbosi

Ingliz tili grammatikasi

Ingliz tili grammatikasi biznikidan anchagina farq qiladi. Bu esa til o’rganishni biroz qiyinlashtiradi. Lekin, ingliz tili va o’zbek tili lotin alifbosiga asoslangan. Ya’ni, koreys, xitoy yoki rus tillaridek harflar bilan alohida tanishib chiqish shart emas. Shunday qilib, ingliz tili alifbosida 26ta harf bor. Ular:

E’tibor bering, o’zbek alifbosida esa 29 harf va bir tutuq belgisi mavjud.
Ingliz tilida harflar ikki turga:  vowels(unli) va consonants(undosh)ga bo’linadi.

1️⃣ Vowels (unlilar) 5ta:
A, O, U, E, I.

Aa – ei (apple🍎)
Oo -ou (orange🍊)
Uu – yu (umbrella ☂️)
Ee – i (ear-👂)
Ii – ay (ice-cream 🍦)

2️⃣ Consonants (undoshlar) 21ta:

Bb – bi (banana 🍌)
Cc – si (cat – mushuk 🐱)
Dd – di (dog – it 🐶)
Ff – ef (frog – qurbaqa 🐸)
Gg – dji (glass – stakan 🥛)
Hh – eych (hat – shlyapa🕵️‍♀️)
Jj – jey (juice-sharbat🍷)
Kk – key (key-kalit🔑)
Ll – el (lion – sher 🦁)
Mm – em (monkey – maymun 🐒)
Nn – en ( nose – burun 👃)
Pp – pi (parrot – to’tiqush 🦜)
Qq – kyu (queen – qirolicha 👸)
Rr – er (rabbit – quyon 🐇)
Ss – es(star – yulduz ⭐️)
Tt – ti (teacher – o’qituvchi 👨‍🏫)
Vv – vi (van – van 🚐)
Ww – dablyu (watch – qo’l soati 🕘)
Xx – eks (xerox-nusxa)📄
Yy – vay (yummy – mazzali 😋)
Zz – zed (zebra – zebra 🦓)

Bundan tashqari, ingliz tilida harf birikmalar ya’ni ikki harf qo’shilgan holda bir tovushni beradigan harflar mavjud. Bular:
c va h qo’shilib ch (child [chayld]-bola)
va qo’shilib sh (sheep [shi:p]- qo’y)
ph
=f (photo [foto] – foto)
th=z yoki s (z o’qilishi: they [zey]-ular, s o’qilishi: thank you [senk yu]-rahmat) Qachon z yoki s o’qilishi bo’yicha aniq qoida yo’q. Shuning uchun so’z yodlayotganda uning o’qilishiga e’tibor berib yodlashingiz kerak.
ee=i (sheep-[shi:p]-qo’y)
oo=u (book [buk]-kitob)

Shu bilan eng birinchi darsimiz yakunlanadi. Har bir uchragan yangi so’zni lug’at daftariga yozib yodlab borsangiz so’z boyligingiz yana ham ko’payadi. Quyida olgan bilimlaringizni tekshirish uchun test yechishingiz mumkin.

0

1-dars yakuni test

1-dars yakuni bo'yicha savollar. Savolni o'qing va to'g'ri javobni tanlang!

1 / 8

Ingliz tili alifbosida nechta harf bor?

2 / 8

Bu...

3 / 8

Bu...

4 / 8

Faqat consonants berilgan qatorni toping

5 / 8

Faqat vowels berilgan qatorni toping

6 / 8

Ingliz tilida nechta vowels bor?

7 / 8

Faqat harf birikmalari berilgan javobni toping.

8 / 8

Vowels bu ...

Your score is

Telegram kanalimiz: @uzlearners

4.1 402 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
35 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments