Oldingi darslarda siz ingliz alifbosi va a/an artikli haqida o’rgandingiz. Bu galgi darsimiz esa ingliz tilida ba’zi harflarnig o’qilishi va oldingi mavzularni mustahkamlashga bag’ishlanadi. Ingliz tilida harflar qanday yozilsa shunday o’qilmaydi. Har bir harfturlicha tallafuz qilinishi mumkin. Shu jihatlaridan ham ingliz tili bizning tildan farq qiladi. Masalan bizning tilda a harfi faqatgina [a] tovushini bersa ingliz tilida a harfi [ei], [a], [e] va hattoki [o’] deb talaffuz qilinishi mumkin. Ushbu qoidalarni sizlar bilan bosqichma-bosqich o’rganib borishga harakat qilamiz. Shunday qilib,
1. a harfidan so’ng ikkita l kelsa ya’ni a+ll bo’lsa a harfimiz o’ deb o’qiladi. (o’rmon so’zidagi o’ kabi)
Masalan: ball [bo’:l], call [ko’:l, small [smo’:l], all [o’:l]
2. e harfi so’z oxirida kelsa o’qilmaydi. Masalan: make [meyk], cake [keyk], snake[sneyk], apple [eppl]
3. ikkita e harfi yonma-yon kelsa, cho’ziq [i:] deb o’qiladi. Masalan: bee [bi:], sheep [shi:p], see [si:]
4. Ikkita o harfi yonma-yon kelsa, [u] yoki [o’] deb o’qiladi. Masalan: book [buk], cook [kuk], good [gud] LEKIN, door [do’:], floor [flo’:]
5. c harfi esa ba’zan [s] ba’zan esa [k] o’qiladi. Agar c harfidan keyin unlilardan e,i,y kelsa u holda s o’qiymiz. Masalan: cinema [sinema] city [siti]
Agar c harfidan keyin undoshlar va a,o,u unlilari kelsa [k] deb o’qiladi. Masalan: cat [ket], cup [kap], coffee [koffi]
6. q harfidan so’ng u harfi kelsa ikkisi birga [kv] degan tovushni beradi. Masalan: queen [kvi:n], quit [kvit], question [kvestshn]
New words:
call – chaqirmoq
small – kichkina
make – tayyorlamoq, yasamoq
cake – tort
see – ko’rmoq
cook – pishirmoq
good – yaxshi
door – eshik
floor – qavat
cinema – sinema
city – shahar
cat – mushuk
cup – finjon, piyola
coffee – kofe
queen – qirolicha
quit – chiqmoq
question – savol
Eslatma: qavs ichidagi [ ] tallafuzni bildiradigan tovushlar o’zbek tilidagi o’qilishini bildiradi.
test qani jigar
Qudratova
gapyo zo’r
dars uchun raxmat
raxmat foydali ekan olloh rozi bo’lsin
Abduraximova
Ассалому алейкум, жудаям чиройли ва керакли маълумотлар экан. Аллох рози булсин сиздан
ollox rozi bosin judayam foydali tushunarli
sattorov
Menga darslar juda yoqdi…Baraka topinglar. Alloh rozi bo’lsin sizlardan. Ilm ulashishda charchamanglar
Yaxwi ekan menga yoqdi gap yo’q.Ishlarizga rivoj, shunga o’xshagan narsalarni chiqarib turing!
Wow great
MashaAlloh juda zôr
yaxshi
Test qilinsa yaxshi bo’lardi!
Aniq va tushunarli rahmat
ZO’R. RAHMAT SIZGA!!!
Hasanboyaka darsni oxirida testlari bo’lardi darsga oid shular yoq bo’lib qopti
Xop
thank you
Salom
Wonderful
Yaxshi dars ekan shunga o’xshash darslar chiqarib turing.
very good thank you!
Barcha hariflarni o’qilishi bo’yicha ma’lumot qo’shsayiz bo’ladimi
HATOLARIM QAYSILIGINE QATAN BILSAM BOLADI
cake – to’rt
sanoq sondagi 4 mi?