IELTS so’zining kengaytmasi International English Language Testing System bo’lib o’zbekchaga so’zma-so’z tarjima qilinganda Xalqaro Ingliz tilini O’lchash Tizimi ma’nosini anglatadi. Ya’ni ingliz tilini qay darajada bilishimizni aniqlab beradi. IELTSda baholash 0 dan 9 gacha bo’ladi. Bunda 0 eng yomon natija bo’lsa, 9 eng yaxshi natija. Imtixon topshirgandan so’ng natijangizga qarab sertifikat beriladi. Ushbu sertifikat bilan chet el va o’zimizning oliygohlarga oliygoh qoidalariga ko’ra imtixonsiz yoki imtixon asosida tahsil olishingiz mumkin. Ko’pgina oliygohlar bakalavr yo’nalishlari uchun eng kami 5 so’rashsa magistratura uchun 6 so’rashadi. IELTSning ikki moduli bor. Academic va General. Academic moduli ko’proq ta’lim olishni niyat qilgan talabalar uchun bo’lsa, General Moduli immigratsiya va ish topish maqsadida topshiriladi. Bu ikki modulda ham 4 ta bo’lim mavjud bo’lib, ular: Listening(Eshitish), Reading(O’qish), Writing (Yozish) va Speaking(Gapirish). Listening, Reading va Writing imtixonlari bir paytda olinadi. Speaking esa odatda 2-3 kun oldin yoki keyin bo’ladi. Listening uchun 40ta savol va 40 daqiqa vaqt ajratiladi undan 10 daqiqasi javoblarni varoqqa ko’chirish uchun ajratilgan. Audio faqat bir marta qo’yiladi. Reading ham 40ta savoldan iborat va 60 daqiqa ajratiladi. Writing 2ta Task (Topshiriq)dan iborat. Task 1 ga 20 daqiqa, Task 2 ga esa 40 daqiqa ja’mi 60 daqiqa ajratiladi. Bu uch imtixon bir paytda ketma-ket bo’lib o’tadi. Speaking uchun umumiy 15 daqiqa belgilangan.
Qayerda IELTS topshirsam bo’ladi?
IELTS imtixoni deyarli har oyda 4-5 martadan Toshkent shaxri va turli vaqtlarda turli viloyatlarda bo’lib o’tadi.
IELTS imtixoniga ro’yxatdan o’tish to’g’risida ma’lumot qayerdan olsam bo’ladi?
Test Markaziga tashrif buyurib yoki British Council Uzbekistanning rasmiy veb sayti orqali ro’yxatdan o’tishingiz va to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
Imtixonga kamida 2-3 oy oldin ro’yxatdan o’tib qo’yishingizni tavsiya qilaman. Hozirda test topshiruvchilar soni juda ham ko’pligi bois ba’zan keyingi 3 oy to’liq band bo’lib qolishi mumkin.
Imtixon topshirish qancha turadi?
2021-yil Avgust holatiga ko’ra ro’yxatdan o’tish 1, 940 000 so’m.
Sertifikat qancha muddatgacha yaroqli hisoblanadi?
Sertifikat muddati test topshirgan kuningizdan boshlab 2 yil.
IELTS olsa istalgan joyga o’qishga ketish mumkinmi?
Ko’pchilik IELTS olsam Amerika, Angliya, Kanada kabi davlatlarga osonlik bilan keta olamanmi deb so’rashadi. Yo’q, u davlatlarga o’qishga ketish faqat IELTS ga bog’liq emas. IELTS bitta sharti xolos. O’qishga kirish hech narsa emas topshirasiz, qiyinchiliksiz qabul qilishaveradi lekin u davlatlarga viza olish eng qiyini. Viza olish juda ko’p omillarga bog’liq.
IELTS ni 0 dan qancha vaqtda o’rgansa bo’ladi?
IELTS 0 dan o’rganadigan tizim emas. IELTS ga tayyorgarlikni boshlash uchun kamida intermediate darajasida bo’lishiz kerak. Intermediate darajasini egallaguncha 1-1.5 yil ketadi. IELTS uchun esa yana qo’shimcha 4-6 oy vaqt sarflashiz kerak bo’ladi. Bu degani 0 dan IELTS 6-7 gacha 2 yil uzluksiz tayyorlanishiz kerak bo’ladi. Yanayam bu ko’rsatkichlar taxminiy. Harakatiz va qobiliyatizga qarab bu muddat kamayishi yoki ko’payishi mumkin.
Maktabda ishlaydigan ingliz tili o’qituvchilariga IELTS qo’shimcha ustama beradimi?
HA beradi. IELTS 7 ball va undan yuqorisi sizga 50 foiz ustama beradi. Undan past ballar ustama va imtiyozlar bermaydi.