3-dars. Fonetik qoidalar

Ingliz tili grammatikasi

Oldingi darslarda siz ingliz alifbosi va a/an artikli haqida o’rgandingiz. Bu galgi darsimiz esa ingliz tilida ba’zi harflarnig o’qilishi va oldingi mavzularni mustahkamlashga bag’ishlanadi. Ingliz tilida harflar qanday yozilsa shunday o’qilmaydi. Har bir harfturlicha tallafuz qilinishi mumkin. Shu jihatlaridan ham ingliz tili bizning tildan farq qiladi. Masalan bizning tilda a harfi faqatgina [a] tovushini bersa ingliz tilida a harfi [ei], [a], [e] va hattoki [o’] deb talaffuz qilinishi mumkin. Ushbu qoidalarni sizlar bilan bosqichma-bosqich o’rganib borishga harakat qilamiz. Shunday qilib,
1. a harfidan so’ng ikkita l kelsa ya’ni a+ll bo’lsa a harfimiz o’ deb o’qiladi. (o’rmon so’zidagi o’ kabi)
Masalan: ball [bo’:l], call [ko’:l, small [smo’:l], all [o’:l]
2. e harfi so’z oxirida kelsa o’qilmaydi. Masalan: make [meyk], cake [keyk], snake[sneyk], apple [eppl]
3. ikkita e harfi yonma-yon kelsa, cho’ziq [i:] deb o’qiladi. Masalan: bee [bi:], sheep [shi:p], see [si:]
4. Ikkita o harfi yonma-yon kelsa, [u] yoki [o’] deb o’qiladi. Masalan: book [buk], cook [kuk], good [gud] LEKIN, door [do’:], floor [flo’:]
5. c harfi esa ba’zan [s] ba’zan esa [k] o’qiladi. Agar c harfidan keyin unlilardan e,i,y kelsa u holda s o’qiymiz. Masalan: cinema [sinema] city [siti]
Agar c harfidan keyin undoshlar va a,o,u unlilari kelsa [k] deb o’qiladi. Masalan: cat [ket], cup [kap], coffee [koffi]
6. q harfidan so’ng u harfi kelsa ikkisi birga [kv] degan tovushni beradi. Masalan: queen [kvi:n], quit [kvit], question [kvestshn]

New words:
call – chaqirmoq
small – kichkina
make – tayyorlamoq, yasamoq
cake – tort
see – ko’rmoq
cook – pishirmoq
good – yaxshi
door – eshik
floor – qavat
cinema – sinema
city – shahar
cat – mushuk
cup – finjon, piyola
coffee – kofe
queen – qirolicha
quit – chiqmoq
question – savol

Eslatma: qavs ichidagi [ ] tallafuzni bildiradigan tovushlar o’zbek tilidagi o’qilishini bildiradi.

4 851 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
26 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments