Speakingni o’stirish

Ingliz tili


Juda ko’p ingliz tili o’rganuvchilar duch keladigan asosiy muammolardan biri bu ingliz tilida dadil gapira olmaslik. Aytaylik, ingliz tilini ancha vaqtdan buyon o’rganasiz, turli xil til kurslariga qatnagansiz, har kuni turli xil mavzuda inglizcha audiolar eshitasiz lekin hali ham ingliz tilida dadil gapira olmaysiz. Ushbu maqolada qanday qilib speaking (gapirish)ni o’stirish haqida suhbatlashamiz. Deylik, siz ingliz tilini 3-yildan beri o’rganasizu lekin, ingliz tili ona til bo’lgan 3 yoshli bola sizdan yaxshiroq gapiradi. Chunki u kundalik hayotida faqat shu tildan foydalanadi. Ko’p gapiradi va ko’p eshitadi. Siz ham bir kunda soatlab ingliz tilida maqolalar o’qishingiz, audiolar eshitishingiz yoki yangi so’zlar yodlashingiz mumkin lekin qancha vaqtingizni speaking uchun sarflaysiz? Deyarli hechqancha! Shunday qilib, speakingni o’stirish uchun nimalar qilmoq kerak?

Do’stlaringiz bilan faqat ingliz tilida so’zlashing.

Image result for speak english only
Birga til o’rganadigan yoki ingliz tilini biladigan do’stlaringiz bo’lsa ular bilan bilan faqat ingliz tilida so’zlashing. Bu ikkingiz uchun ham foydali. Agar juda biror gapni tushuntirish qiyin bo’lsa o’zbekchada yozib berishingiz mumkin lekin so’zlashganda faqat ingliz tilidan foydalaning. O’zbek tili ishlatilganda qandaydir jarima joriy qilish ham mumkin. Muhimi biroz irodali bo’lsangiz natijasi tez ko’zga tashlanadi.

So’zlashuv klublariga a’zo bo’ling

Image result for english conversation club
Hozirda deyarli har bir o’quv markazlarida tilga oid turli klublar tashkil qilingan. Siz u yerda klub a’zolari bilan turli mavzularda suhbat qurishingiz, bahs-munozaralarda ishtirok etishingiz, biror mavzu yuzasidan fikrlar bildirishingiz mumkin. Odatda bunday klublar bepul yoki juda ham arzon bo’ladi. Bu siz uchun yaxshi imkoniyat! U yerda ham ko’proq faol bo’lishga harakat qiling. Qiynalsangiz ham o’z biror mavzuda o’z nuqtai nazaringizni bildirishga urining.

Skype orqali ingliz tilida so’zlashadigan suhbatdosh toping

Image result for english skype
Bu usul ham juda samarali. Bu orqali siz turli millat vakillaridan do’stlar orttirishingiz, ma’lumotlar almashishingiz va dunyo qarashingizni o’stirishingiz mumkin. Skypeda do’stlarni topish uchun speaking24.com sayytiga tashrif buyurib yoshi, millati, til bilish darajasiga qarab hohlagan odamingizni tanlab undan skype orqali so’rov jo’natishingiz mumkin.

Ko’zguga qarab so’zlang

Image result for speaking to the mirror

Agar sizning ingliz tilini biladigan do’stlaringiz bo’lmasa yoki internetdan unchalik ko’p foydalana olmasangiz unda yana bir samarali usul ko’zguga qarab biror bir mavzuda gapirib og’zaki nutqingizni o’stirishingiz mumkin. Bu usul nafaqat og’zaki nutqingiz balki o’zingizga bo’lgan ishonchni, omma oldida dadil so’zlay olish va suhbatdoshni ko’ziga qarab gapira olish qobiliyatlarini ham o’stiradi. Buning uchun, har kuni kamida o’n daqiqa davomida biror bir mavzuda gaoirishga harakat qiling. O’sha kungi qiziqarli voqealarni so’zlashingiz, biror yoqtirgan mashg’ulotiz haqida yoki kelgusi rejalaringiz umuman hamma hamma narsa haqida so’zlashingiz mumkin.
Agar yana ham ko’proq shug’ullanmoqchi bo’lsangiz, tasavvur qiling shahringizga chet eldan turist kelgan. Siz unga hamrohlik qilyapsiz. Unga shahringiz haqida so’zlab bering. Nimalarni ko’rsangiz ularni ta’riflab berishga harakat qiling.
Ushbularga amal qilsangiz, ingliz tilida gapirish ko’nikmangiz o’sadi. Va buning natijasini bilish uchun uzoq kutish shart emas.

4.1 57 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
21 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments