Linguaskill imtihoni Cambridge Assessment English tomonidan tashkil qilinadigan onlayn imtihon turi bo’lib, asosan ta’lim institutlari tomonidan talabalarni baholash, til bilish darajalarini aniqlash, ish beruvchilar uchun hodimlarining til bilish darajasini aniqlash maqsadlarida tashkil qilinadi. Ushbu imtihon jami 4ta ko’nikma 3ta modulda o’tkaziladi:
Reading and Listening
Speaking
Writing
Boshqa imtihonlardan farqi imtihon to’liq kompyuterda topshiriladi. Test natijalari 48 soat ichida ma’lum bo’ladi. Natijalarni baholash CEFR bo’yicha bo’ladi va quyidagi ballar uchun quyidagi darajalar beriladi:
100-119 = A1 (Beginner) daraja
120-139 = A2 (Elementary) daraja.
140 -159 = B1 (Pre-Intermediate – Intermediate) daraja.
160 -179 = B2 (Upper-Intermediate) daraja.
180 + = C1 (Advanced) darajaga to’g’ri keladi.
O’zbekistonda Linguaskills imtihonini o’tkazish vakolatiga ega yagona tashkilot Samarqanddagi Innovative Centre bo’lib. Ularda imtihon topshirish narxi barcha ko’nikmalar uchun 980 ming so’m. Sertifikat amal qilish muddati 2 yil.
Imtihondan C1 darajasi olinganda ingliz tili o’qituvchilari oyligiga 50 foiz ustama to’lanishi belgilangan.
Boshqa imtihonlar:
Daraja aniqlash | Ustama | TKT | Aptis