Daraja aniqlash imtihoni (CEFR) haqida

O`qituvchilarga

Daraja aniqlash (CEFR) imtihonining to’liq nomi chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovi bo’lib, xalq tilida CEFR deyiladi. Davlat Test markazi tomonidan har oyda bir marta Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida tashkil qilinadi.
Jami 5ta bo’limdan imtihon topshiriladi.
Listening
Reading
Lexical and Grammar competence
Writing
Speaking

Speakingdan tashqari barcha bo’limlar bir vaqtda bo’ladi. Eng dastlab Listening, Reading va Lexical and Grammar competence tekshiriladi va javoblari e’lon qilinadi keyin Speaking imtihonlari bo’lib o’tadi, Test sinovi yakunlari bo’yicha eng yuqori ballning 60 foizi to’planganda, imtihondan o’tgan hisoblanadi va topshirgan darajasi bo’yicha (B1, B2 yoki C1) daraja sertifikati beriladi. B2 darajasi abituriyentlar uchun OTM ga topshirishda ingliz tilidan maskimal ball beradi. Agar filologiya yo’nalishlariga topshirsa, imtiyoz uchun C1 daraja talab etiladi. Chet tili o’qituvchilarga C1 darajasi 50 foiz ustama beradi. Mutaxassislik fanlaridan dars beradigan o’qituvchilar B2 darajaga ega bo’lsa va o’z fanini chet tilida o’tsa, 40 foiz ustama beriladi. Bundan tashqari C1 sertifikati toifa imtihonlariga qatnashmay maksimall bal olib toifadan o’tish huquqini beradi. B2 darajasi chet tili o’qituvchilariga hech qanday imtiyoz bemaydi.
Imtihon topshirish narxi 405 ming so’m. Sertifikat amal qilish muddati 2 yil. my.dtm.uz sayti shaxsiy kabinet orqali topshiriladi va imtihon sanalari, o’tkazish joylari va natijalar ham shu kabinet orqali aniq bo’ladi. Testda ishtirok etish ixtiyoriy, o’tolmay qolganda hech qanday salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Ustama imtihonidan farqi bu testni istalgan odam (o’quvchi, talaba, o’qituvchi, fuqarolar) topshirishi mumkin.

Boshqa imtihonlardan afzalliklari:
Nisbatan arzon (Taqqoslash uchun IELTS – 1 927 000 so’m)
✅ Barcha viloyatlarda o’tkaziladi
✅ Har oy o’tkaziladi
✅ C1 daraja olinganda 50 foiz ustama beradi, toifa imtihonida esa maksimal ball beradi, filologiya yo’nalishi magistratura abituriyentlariga imtiyoz beradi
✅ B2 daraja nofilologik yo’nalishdagi magistraturaga va barcha yo’nalishdagi OTM bakalavr abituriyentlariga imtiyoz beradi

Kamchiliklari:
Javoblari sekin chiqadi (1-2 oygacha)
❌ Faqat O’zbekistonda tan olinadi
❌ Topshirgan daraja beriladi (pastroq natija ko’rsatilganda pastroq daraja berilmaydi)

O’ylaymanki to’liq ma’lumot bera oldim. Qo’shimcha savollarni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

4.1 175 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
18 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments