Ayrim o‘qituvchilar maoshiga ustama belgilash to‘g‘risidagi nizom o‘zgartiriladi

Uncategorized

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” hujjat loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, nizomga quydagi o‘zgartirishlar kiritiladi:

1. 1-band uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati bo‘yicha C1 darajasiga, IELTS sertifikati bo‘yicha 7,0 ball va undan yuqori ballga, TOEFL (IBT) sertifikati bo‘yicha 95 ball va undan yuqori ballga, Davlat test markazi va Britaniya Kengashi tomonidan o‘tkaziladigan “APTIS for teachers” testlaridan C darajasiga, Test DaF , GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF , DELE sertifikatlari bo‘yicha C1 darajasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar mazkur hujjatlarning amal qilish muddati davomida test sinovidan o‘tishlari talab etilmaydi.”;

2. 20-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

Tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlaridan ixtiyoriy biri bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 50 foizidan kam ball to‘plagan o‘qituvchining yozma ishi tekshirilmaydi, yozma ishi tekshirilmagan yoki yozish bo‘limi bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 60 foizidan kam ball to‘plagan o‘qituvchi test sinovining 2-bosqichiga qo‘yilmaydi;

3. 30-bandning birinchi xatboshisiquyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Test sinovlarining tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlarining har biridan belgilangan maksimal ballning kamida 50 foizini, gapirish va yozish bo‘limlarining har biridan belgilangan maksimal ballning kamida 60 foizini to‘plagan o‘qituvchilar test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan deb hisoblanadi.

ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“O‘qituvchining Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati bo‘yicha C1 darajasiga, IELTS sertifikati bo‘yicha 7,0 ball va undan yuqori ballga, TOEFL (IBT) sertifikati bo‘yicha 95 ball va undan yuqori ballga, Davlat test markazi va Britaniya Kengashi tomonidan o‘tkaziladigan “APTIS for teachers” testlaridan C darajasiga, Test DaF (Test Deutsch als Fremdsprache für ausländische Studienbewerber), GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF (Diplôme approfondi de langue française), DELE (Diplomas de Español como Lengua Extranjera) sertifikatlari bo‘yicha C1 darajasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjati Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo‘yicha test sinovidan o‘tganlik haqida ma’lumotnoma o‘rnida qabul qilinadi.”

Qayd etilishicha, mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.
Manba: qalampir.uz

3 2 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
0 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments