Grin karta lottoreyasi haqida

Uncategorized
How to fill out a questionnaire on the green card: detailed instructions -  ForumDaily

Green card (ingliz tilidan. Yashil karta) – Bu bir davlat fuqaroligidan chiqib ketmasdan turib Amerikada doimiy qolib ishlash va yashash huquqini beruvchi maxsus viza. Ushbu vizaga ega bo’lishning eng keng tarqalgan usuli bu lottoreya orqali ega bo’lishdir. Har yili Amerika davlati tomonidan o’tkaziladigan ushbu lottoreya dasturida asosida 50 ming kishi Amerikaga qabul qilinadi. Har bir davlatdan umumiy soni 50 ming odam qabul qilingandan so’ng ushbu mamlakat uchun lottoreya dasturi to’xtatiladi.  O’zbekiston 1996-yildan beri ushbu lotoreyada ishtirok etib keladi. Hozirgi davrga kelib O’zbekiston uchun har yili 4-5 ming o’rin ajratiladi. Taxminiy ma’lumotlarga qaraganda O’zbekistondan har yili 1 millionga yaqin anketa topshiriladi. Bulardan kompyuter tomonidan 4-5 mingtasi tanlanib olinadi.

Anketa topshirish

Odatda anketa to’dirish 6-oktyabrdan 9-noyabrgacha davom etadi. Anketa natijasi esa May oyining boshida e’lon qilinadi. Anketa to’ldirish mutlaqo bepul. Buning uchun lotoreya dasturining rasmiy sayti dvlottery.state.gov saytiga kirib ma’lumotlaringizni to’ldirishingiz kerak. Anketa to’ldirish uchun esa qizil passport (chetga chiqish uchun), shaxsiy ma’lumotlaringiz va suratingiz kifoya qiladi. Hozirda ko’plab firma va turli xil shaxslar har xil narx evaziga grin karta uchun anketa to’ldirib berishni taklif qilishadi. Anketa ular orqali to’ldirilganda yutuq chiqish ehtimoli katta bo’lishini, ularni bu sohada tajribasi kattaligini, yutuq chiqadigan qilib rasmga tushirib qo’yishini iddao qilishadi. Lekin bular hammasi aldovlardan boshqa narsa emas. Hattoki lotoreya rasmiy saytida ham anketani o’zingiz to’ldirishingiz tavsiya etilgan. Bunda hammaning imkoniyati bir xil bo’lib, g’olib mutlaqo tasodifiy holatda kompyuter tomonidan tanlanadi. Unga rasm ham, ma’lumotlar ham, yosh, jins va hattoki viloyat ham ahamiyatsiz.
Ko’pchilik Samarqandda o’ynasa yutish ehtimoli katta deb o’ylashadi. Lekin yutuq Samarqanddan ko’p chiqishini sababi u joy bilan bog’liq emas. Samarqandda boshqa viloyatlarga qaraganda ko’p anketa topshiriladi. Tabiiyki ko’p anketa topshirilgan joyda yutuq nisbatan ko’proq chiqadi. U viloyatda ko’p ariza topshirilishini sababi esa, u yerda uyma-uy yurishib tekinga yoki pullik ariza topshirib berish xizmatini taklif qilishadi. Tekinga topshirib beradiganlar yutuq chiqqanidan keyin yutgan odamdan katta summa so’rashadi. Samarqanddan ariza topshirsangiz ham, Toshkentdan topshirsangiz ham, O’zbekistonni eng chekka tumanidan topshirsangiz ham imkoniyatingizga ta’sir qilmaydi.
Eng asosiysi anketa ma’lumotlaringiz tog’ri iritilgan bo’lishi kerak. Yolg’on ma’lumotlar aniqlangan taqdirda yutuq chiqqandan so’ng yutug’ingiz bekor qilinadi. Aynan shu kabi sabablarni deb sal kam yutuq chiqqanlarning yarmi viza ololmaydi. Misol uchun internet ma’lumotlariga ko’ra,  2014 yilgi lottoreya dasturida O’zbekistondan  5019ta yutuq chiqqanlardan 3019tasi, 2015-yilda 4368tadan 2520tasigina viza olishga muvaffaq bo’lgan. Qolganlari turli sabablarga ko’ra rad javobi olgan. Shuning uchun ma’lumot kiritayotganda e’tiborli bo’lishingiz talab etiladi. Yutuq chiqib lekin viza olomagan taqdiringizda esa viza uchun sarflangan harajatlar qaytarilmaydi.
Lotoreya dasturida muvaffaqiyatli tanlanganingiz sizga Amerikaga viza olish uchun kafolat bo’lmaydi. Viza berish elchixonani qo’lida bo’ladi.
Muvaffaqilyatli viza olgan taqdiringizda bu shunchaki mamlakatda qonuniy ishlash va istiqomat qilish huquqini beradi xolos. Sizga davlat tomonidan uy-joy, ish, harajatlariz uchun pul berilmaydi. Viza, chipta va yashash harajatlari to’liq o’zingizning bo’yningizda bo’ladi. Anketa to’ldirmoqchi bo’lganlarga omad tilayman. Har qanday savollar bo’lsa izoh qoldiring.

Agar sizga sifatli ariza to’ldirib berish xizmati kerak bo’lsa telegramdan @forcefr addresiga yozing. Arizangiz bexato to’ldirib beriladi. Xizmat pullik.

5 1 vote
Article Rating
guest
19 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments