Ingliz tilini tez va oson o’rganish uchun 7 tavsiya

Ingliz tili

Ingliz tilini tez va oson o’rganish uchun 7 tavsiya

Ingliz tilini qanday qilib tez va oson o’rganish mumkin? Bilamizki, til o’rganish oson ish emas. Bizdan sabr va mehnat talab qiladi. Quyidagi maqolada ingliz tilini oson va tez o’rganishni samarali yo’llari haqida suhbatlashamiz. Shunday qilib:

1. O’zingizni ingliz tili bilan o’rab oling

Buning uchun siz ingliz tilida so’zlashiladigan mamlakatda bo’lishingiz shart emas. Shunchaki ingliz tilini kundalik hayotingizni ajralmas qismiga aylantiring. Masalan kundalik daftaringiz (agar bo’lmasa tutishni maslahat beraman, hech bo’lmaganda til o’rganish uchun) qaydnoma, eslatma hattoki haridlar ro’yxatini ham ingliz tilida yozing. Telefoningiz tilini ham ingliz tiliga o’zgartiring, inglizcha radio va podcast(eshittirish)lar tinglang. Ishga yoki o’qishga boorish va kelishda inglizcha nimadir eshiting.

2. Ingliz tilida so’zlaydigan do’stlar orttiring

Image result for english conversation

Sizga yaqin hududda ingliz tilida so’zlashadigan sayyohlar bo’lsa, ular bilan ingliz tilida tez-tez gaplashib turish til o’rganishingizni yanada osonlashtiradi. Agar sizda bunday imkoniyat bo’lmasa, unda siz internet orqali ham do’stlar orttirishingiz mumkin. Buning uchun ijtimoiy tarmoqlardan yoki maxsus til o’rganish uchun web sayt va dasturlardan foydalanishingiz mumkin. “Hello Talk” ilovasi sizga shunday do’stlarni o’zi topib beradi. Dasturni Google Play Storedan yoki ios egalari uchun AppStoredan yuklab olishingiz mumkin

3. Birgalikda til o’rganish uchun sherik toping

U ingliz bo’lishi shart emas. Til o’rganayotgan yoki o’rganmoqchi bo’lgan do’stlaringiz bo’lsa ular bilan birgalikda o’rganish juda yaxshi samara beradi. Bunda siz til o’rganishda bir-biringizga yordam berishingiz va rag’batlantirishingiz mumkin. Speaking club tuzib tez-tez ingliz tilida suhbat quring.

4. Maqsadlar qo’ying

Til o’rganishdan maqsadingiz nima ekanligini aniqlab oling va shu maqsad bo’ylab harakatlaning. Yaxshiroq ishga joylashmoqchimisiz? Chet elda ta’lim olmoqchimisiz yoki sayohatga bormoqchimisiz? Qisqa muddatli va albatta uzoq muddatli maqsadlar qo’ying.

5. So’z o’rganishda o’zingiz uchun qiziqarli bo’lga usullardan foydalaning

Image result for learn english

Agar kuylashni yoqtirsangiz, sevimli qo’shig’ingiz matnidan yangi so’zlarni qidiring. Agar ko’rgan narsangiz yaxshi esingizda qolsa yangi so’zlarni stikerlarga yozingda butun uyingiz bo’ylab yopishtirib chiqing. Antiqa va kulgili gaplar tuzing. So’zlarni oson yodda qolishi uchun ular yoniga kichik surat chizib qo’yishingiz ham mumkin.

6. Madaniyatlarni o’rganing

Til o’rganish faqat grammatika va so’z yodlash degani emas. Bu o’zgacha gapiradigan va fikrlaydigan odamlar bilan muloqot qila olish hamdir. O’zga madaniyatlarni o’rganish orqali dunyo qarashingiz ham kengayadi.

7. Nima qilsangiz ham qilayotgan ishingizdan rohatlaning

Til o’rganish mehnat bilan bo’ladi. Lekin qilayotgan ishingiz o’zingizga yoqsa unda bu ishingizdan bosh ko’targingiz kelmay qoladi. Shunchaki til o’rganmang. O’yinlar o’ynang, krossvord va boshqotirmalar yeching, qo’shiq kuylang va hikoyalar o’qing. Muhimi xato qilishdan qo’rqmang. Ko’pincha o’rganishning eng yaxshi yo’li bu xato qilish orqalidir.

3.9 40 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
18 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments