– Sinf(lar)ingiz o‘quvchilar ro‘yxati bilan tanishib chiqing. Sinfingizga yangi kelganlar yoki chiqib ketganlar bordir, balki yangi sinf olayotgandirsiz. Ularni bilimi xaqida boshqa o‘qituvchilardan so‘rab surishtiring. Hamma o‘quvchilaringizni baholarini qayta ko‘rib chiqishingiz mumkin. Kimga qaysi fandan ko‘mak kerak, qanday usullar yordam berishi mumkinligini o‘ylab ko‘ring.
– O‘tib ketgan o‘quv yilini eslang. Unda qilingan xatolar va kamchiliklarni tahlil qilib chiqing. O‘ylab ko‘ring, nimalar qilishga ulgurmadingiz, qaysi maqsadingizga erisha olmadingiz. Keyingi o‘quv yiliga taxminiy qilmoqchi bo‘lgan ishlaringizni qisqacha ro‘yxatini tuzib olsangiz ham bo‘laveradi.
– Izlaning. STEM sohasiga e’tibor berishingizni maslahat beramiz. (Ma’lumot uchun: STEM — ilm /Science/, texnologiya /Technology/, muxandislik /Engineering/, matematika /mathematics/). Bu sohaning ma’lumotlarini o‘quv jarayoniga bog‘lashga harakat qiling. O‘quvchilarni dunyodagi kashfiyotlar va yangiliklar bilan qiziqtira olishingizga ishonamiz.
– Ko‘proq mutoala qiling. O‘z ustingizda ishlang. Kasbingizga oid bo‘lgan adabiyot va maqolalarni o‘qing. Kuniga 20-30 daqiqa vaqtingizni ajrating.
– Sinf xonangizga yangilik kiriting. Bolalarni o‘qishga ishtiyoq bilan kirishib ketishiga va ruhlanishiga oz bo‘lsada sinfxona ham rol o‘ynaydi. Kamiga yana sinfda reviziya ham o‘tkazib, keraksiz kog‘ozlardan, yarmi to‘lgan daftarlardan vos kechib makulaturaga topshiring.
– Agar sinf rahbar bo‘lsangiz, o‘quvchilarni har biriga o‘quv yilini yaxshi boshlab olishi uchun tilak xat yuboring. Bu noan’anviy amalni urfga kiritishingiz mumkin. Tassavur qiling bola bu kabi individual xatni olganda o‘zini muhim inson ekanligini his qiladi, ruhlanadi, o‘quv yilini yaxshi niyatlar bilan boshlaydi. Bu kabi xatlarni 30 nafar bolaga 30 xil yozish shart emas. Kompyuterda yozib ismlarni o‘zgartirasiz xolos.
– O‘quvchilaringiz bilan xordiq chiqaring. Bolalarni kinoga taklif qiling, pikniklar, ekskursiyalar uyushtiringlar. O‘quvchilar sizni va bir birlarini ko‘rib xursand bo‘ladi.
Manba: Telegramdagi «O’qituvchi» kanali