Ingliz tilini mustaqil o’rganuvchilarga tavsiyalar

Ingliz tili

Hozirgi kunda ingliz tilini o’rganishni niyat qilgan yoshlarimiz ko’pchilikni tashkil etadi. Lekin niyatni o’zi bu maqsadni amalga oshirish uchun kamlik qiladi. Ko’pchilik aynan nimadan boshlashni bilmaganliklari uchun til o’rganishni boshlash ortga surilib boraveradi. Ko’p sonli o’rganuvchilar iltimosiga binoan ushbu maqolada ingliz tilini mustqil o’rganuvchilar uchun o’z tavsiyalarimni berishga harakat qilaman.

Eng avvalo shuni aytib o’tmoqchimanki, til o’rganishni eng tez va samarali usuli bu til kurslariga qatnashdir. Lekin, sizda ba’zi sabablarga ko’ra imkoniyatingiz bo’lmasa, o’zingiz mustaqil o’rganishingiz mumkin. Buning ushun sizdan ozgina mehnat, sabr va iroda kerak bo’ladi. Siz esa buni albatta uddalaysiz!
Shunday qilib, bo’sh vaqtingizga qarab jadval tuzib oling, ingliz tili bilan shug’ullanishni kun tartibingizga kiriting. Bir kunda kamida 1 soat shug’ullaning. Vaqtingizga qarab ikki kunda bir shug’ullansangiz ham bo’ladi.

Grammatika o’rganing.


Internetda grammatikani mustaqil o’rganish uchun kitoblar juda ham ko’p. Shulardan bittasini tanlab faqat shu kitob bo’yicha shug’ullaning. Sizga ingliz tili o’rganishda eng ommabop bo’lgan qo’llanma R. Murphy ning Essential Grammar in Use kitobini tavsiya qilaman. Bu kitobda birinchi betida mavzu tushuntirilgan bo’lsa ikkinchi betida o’sha mavzuga oid mashqlar berilganligi juda ham qulay.

Ko’proq so’z yodlang.

Uchragan siz uchun notanish bo’lgan so’zlarni tarjimasi bilan yozib boring. Har kuni 15-20 ta so’z yodlashga harakat qiling. So’z yodlashda flashcard ya’ni bir tomoniga inglizcha so’z ikkinchi tomoniga tarjimasi yozilgan kartochkalardan foydalansangiz bo’ladi. Yodlangan so’zlarni muloqotda qo’llashga harakat qiling.

Telefon va Internetdan unumli foydalaning.

Telegram, odnoklassniki yoki facebookda akkauntingiz bo’lsa u yerda ham til o’rganish uchun juda ko’plab guruhlar tashkil etilgan. Ushbu guruhlar orqali siz bilmagan yoki tushunmagan mavzularni o’rganib borsangiz bo’ladi. Buning uchun qidirish bo’limidan ingliz tili, ingliz tili grammatikasi, ingliz tili o’rganamiz deb qidirsangiz kifoya. Undan tashqari youtube dan ham ingliz tili darslarni juda ham ko’p. Ular sizga ingliz tilini ingliz tilida yoki rus tilida o’rgatadi. Va yana smartfoningizga ingliz tili o’rgatadigan dasturlarni o’rnatish ham katta samara beradi.

Unutmang nima qilgan taqdiringizda ham, o’rganishni to’xtatib qo’ymang. Natijasi asta-sekinlik bilan ko’rina boshlaydi. Sabrli bo’ling. Maqsadingiz sari qo’yayotgan har bir qadamingizda sizga muvaffaqiyat tilayman!

Essential Grammar in Use (pdf, 15 MB)

 

Ingliz tilini 0dan telegram orqali o’rganish uchun bizning telegramdagi kanalimizga qo’shiling: Ingliz tili: tez va oson

4.2 39 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
10 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments