IELTS Listening haqida

IELTS

Image result for ielts listening

Listening IELTS imtixonining eng birinchi bo’lib o’tadigan qismi. Tinglab tushunishda (Bundan keyin Listening deb yuritiladi) test topshiruvchining tinglab tushunish malakasi tekshiriladi va baholanadi. Listening testi 30 daqiqa davom etadi. Reading qismidan farqli, Listeningda savollarni javob varaqasiga ko’chirish uchun 10 daqiqa beriladi. Hammasi bo’lib 40 daqiqa ajratilgan. Listening bo’limida 4 ta qism mavjud bo’lib,

Ular quyidagilar:

1-qism 2-qism 3-qism 4-qism
Odatda ikki odamning muloqoti aks etadi. Ba’zan uchunchi shaxs ham suhbatga aralashadi yoki tanishtirilishi mumkin. Asosan ikki xil bo’ladi. Ijtimoiy yoki akademik muhitda bo’ladi. Odatda ijtimoiy/foydali tabiat kasb etgan monolog bo’ladi. Misol uchun, sayohat yoki safar uchun maslahat berish va yo’l yo’riq ko’rsatish mavzusida bo’ladi. Ijtimoiy yoki akademik muhitda bo’ladi. Odatda ikki yoki to’rt odamning suhbati. Misol uchun, o’tilgan mavzu bo’yicha konsultatsiya, vazifa yoki berilgan mavzu bo’yicha og’zaki taqdimot haqida. Odatda akademik muhitda bo’ladi. Odatda ma’ruza yoki monolog tarzida ifodalangan nutq bo’ladi. Ba’zida so’zlovchi  boshida boshqa ikkinchi shaxs tomonidan tanishtiriladi yoki ma’ruza payti bir necha savollar so’ralishi mumkin. Akademik muhitda bo’ladi.
4 daqiqa atrofida davom etadi 3-4 daqiqa atrofida davom etadi 4 daqiqa atrofida davom etadi 4-5 daqiqa atrofida davom etadi

Shuni yodda tutingki, imloviy xatolar va noto’g’ri grammatika qo’llanganda javob hisobga olinmaydi. Shuning uchun, javoblarni javoblar varaqasiga ko’chirishda yaxshilab tekshirishingiz kerak bo’ladi.
Xuddi IELTSning boshqa bo’limlari kabi Listening bo’limida sizdan biror bir maxsus bilim talab etilmaydi.

Umumiy qoidalar:

  • bo’limni tanishtirish uchun qo’llanilgan instruksiya bilan tanishib chiqing
  • Savollarni yaxshilab o’qib chiqing v anima eshitishingiz mumkinligini taxmin qiling
  • Kalit so’zlarni belgilash uchun belgilovchi qalamdan foydalaning
  • Kalit so’zlarning boshqa shakllari va sinonomlarini tinglang va o’ylab ko’ring
  • Savol turlarini aniqlashni o’rganing
  • Berilgan raqamlar va qiymatlarni biling
  • Listening bo’limida qayerda ekanlingingizni bilish uchun keying ikki savolni kuting
  • Hech nimaga yoki hech kimga chalg’imang – Diqqatingizni jamlang!

 

Listening uchun umumiy maslahatlar:

Bajaring Bajarmang
Har bir bo’limni boshlashdan oldin savollarni o’qib chiqing va kalit so’zlarni belgilang

 

Kirish so’zlari va nutq belgilariga ga e’tibor berish sizga nima haqida gap ketayotganligini kuzatishingizha yordam beradi

 

Javobingizni grammatika va imlosini tekshiring. Siz tanlagan so’z Grammatik mos keladimi yoki birlikda bo’lishi kerakmi yoki ko’plikda?

 

Savoldan kalit so’zlarni va sinonimlarni qidiring

 

Agar javobini topa olmasangiz taxmin qiling

 

Javoblarni tez va ehtiyotkorlik bilan ko’chiring

Javobni eshita olmay qolgan bo’lsangiz vahimaga tushmang

 

Savolga javobni yoki javob bo’ladigan voqeani eshitmaguningizcha va eshitish vaqti tugamaguncha hech qanday javobni oldindan taxmin qilmang

 

Zavqlanish uchun eshitmang. Sizning maqsadingiz savollarga javob berish xolos

 

Agar har bir so’zni eshitolmasangiz yoki tushunmasangiz tashvishlanmang. Yodda tuting, ingliz tili og’zaki nutqining ritmiga ko’ra, eng muhim so’zlar ko’proq urg’u bilan aytiladi. O’sha so’zlarni eshitishga harakat qiling

 

Javoblar varaqangizni bo’sh qoldirmang. Noto’g’ri javoblar uchun siz ball yo’qotmaysiz

 

 

 

IELTS haqida umumiy ma’lumotni ushbu linkdan olishingiz mumkin.

 

4 71 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
5 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments