2024-yil avgust oyidan sertifikat bo’lmasa dars berilmaydimi?

O`qituvchilarga

❓Savol: Assalomu alaykum. Savolim bor edi. O’zim ingliz tili o’qituvchisiman. Bizning maktabda, rahbarimiz bizdan 2024-yil avgust oyigacha B2 sertifikatga ega bo’lmasang, ishlamaysan deb ogohlantirish xati yozdirib olyapti. Shu to’g’rimi?

❗️ Javob: Valekum assalom. Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (https://lex.uz/docs/-5431845) XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHNI OMMALASHTIRISHNI SAMARALI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAgi qarori 9-bandiga ko’ra, 2024-2025-o’quv yilidan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o’qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo’lishlari lozimligi belgilangan.
Sizning holatingizda rahbaringiz haq va asosga ega hisoblanadi. Keyingi o’quv yilida ishingizni yo’qotib qo’ymaslik uchun eng kamida B2 darajadagi sertifikat olib qo’yishingiz tavsiya etiladi.

3.3 16 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
1 Comment
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments