Websterdan olingan TESOL/TEFL sertifikati uchun ustama to’lanadimi?

O`qituvchilarga

O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil “28”-iyuldagi 25 q/q- va 4 x/x-son qarorlariga muvofiq, TESOL va TEFL sertifikatlari ma’lum talablarni bajarganda, o’sha sertifikatlar uchun tegishli ustamalar to’lash belgilangan. Quyida Namangan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan berilgan izohda Webster University in Tashkent va Westminster University in Tashkent ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan TESOL/TEFL sertifikatlari vazirlik talablarini bajarishi va ularga nisbatan tegishli ustamalar to’lab berilishi aytib o’tilgan. Hujjatda sertifikatlardan namunalar berilgan. Hujjat bilan quyidagi pdf faylda batafsil tanishiningiz mumkin.

TESOL va TEFL sertifikatlari bo’yicha.pdf

Ma’lumot uchun, ushbu sertifikatlar faqatgina o’sha universitetlarda o’qishni tamomlagan talabalarga beriladi.

UPD: Ushbu ko’rsatma xati noto’g’ri yozilgan bo’lib, hozirda Namangan viloyat XTB tomonidan bu xatni inkor qiluvchi boshqa xat chiqarilgan. Xat bilan batafsil telegram kanalimizda tanishing. https://t.me/uzteachers/15551

4.1 10 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
0 Comments
Inline Feedbacks
View all comments