2024-yil avgust oyidan sertifikat bo’lmasa dars berilmaydimi?

O`qituvchilarga

❓Savol: Assalomu alaykum. Savolim bor edi. O’zim ingliz tili o’qituvchisiman. Bizning maktabda, rahbarimiz bizdan 2024-yil avgust oyigacha B2 sertifikatga ega bo’lmasang, ishlamaysan deb ogohlantirish xati yozdirib olyapti. Shu to’g’rimi?

❗️ Javob: Valekum assalom. Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (https://lex.uz/docs/-5431845) XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHNI OMMALASHTIRISHNI SAMARALI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAgi qarori 9-bandiga ko’ra, 2024-2025-o’quv yilidan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o’qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo’lishlari lozimligi belgilangan.
Sizning holatingizda rahbaringiz haq va asosga ega hisoblanadi. Keyingi o’quv yilida ishingizni yo’qotib qo’ymaslik uchun eng kamida B2 darajadagi sertifikat olib qo’yishingiz tavsiya etiladi.

3 thoughts on “2024-yil avgust oyidan sertifikat bo’lmasa dars berilmaydimi?

  1. Dekretdan qaytyotganlar uchun sertifikat olgungacha ishlash haqida biror bir qaror bormi oktyabrda olaman desam menga dars berishadimi

  2. Assalomu alaykum!!!
    Men 6 yillik dekretdan chiqayotgan ingliz tili o’qituvchisiman!!! Dekretgacha bo’lgan davrda hali sertifikat talab qilish sistemasi yuq edi. Hozir ishga chiqaman desam maktab ma’muriyati sizni sertifikatsiz ishga qabul qila olmaymiz deyishyabdi. Shu holatni tasdiqlaydigan yoki dekretdan chiqadigan o’qituvchilarga sertifikat olishga imkon berilishi haqidagi biror bir hujjat yoki qaror bormi???

  3. Lekin direktor dugonasiga baribir kop soat berishi mumkin certificate bor yogligiga qaramasdan!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan