Vazirlar Mahkamasining «Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy o‘rta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻgʻrisida» 2024-yil 6-maydagi 263-son qarori (https://lex.uz/docs/-6911657) tasdiqlangan bo’lib, ushbu nizomga ko’ra yangi baholash tizimiga o’tgan maktablar 40 foizgacha ustamani qo’lga kiritishlari mumkin.
Rahbar va pedagog kadrlariga ustama to‘lanadigan umumta’lim maktablari ro‘yxatini shakllantirish quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
a) 1-bosqichda Monitoring guruhi tomonidan baholanishning yangi tartibi joriy etilgan maktablarning elektron hujjat ma’lumotlari asosida umumta’lim maktablari o‘quvchilarining yillik o‘rtacha baholari tahlil qilinadi hamda tegishli hududning jami umumta’lim maktablari soniga nisbatan eng yaxshi natija ko‘rsatgan birinchi 20 foiz umumta’lim maktablari saralab olinadi;
b) 2-bosqichda 1-bosqich doirasida saralab olingan umumta’lim maktablari Monitoring guruhi tomonidan quyidagi mezonlar asosida tahlil qilinadi:
🔹 baholanishning yangi tartibi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilganligi hamda o‘quvchilar bilimi belgilangan mezonlar asosida baholanganligi;
🔹 baholash ishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi;
🔹 fan yo‘nalishlari bo‘yicha usulbo‘yicha birlashmalar BSB taqdimida olib borilganligi va o‘quvchilar tomonidan baholash ishlari to‘g‘ri bajarilganligi;
🔹 so‘rovnomalar o‘tkazilganligi va ularning tahlili.
Monitoring guruhi baholanishning yangi tartibi joriy etilgan umumta’lim maktablari tomonidan ikki bosqich doirasida jami to‘plangan ballardan kelib chiqib, ularning hududlar kesimidagi ro‘yxatini shakllantiradi.
1-bosqich yakuni bo‘yicha saralab olingan va 2-bosqich doirasida tahlil qilingan 20 foiz umumta’lim maktablarining rahbar va pedagog kadrlariga ushbu maktablar tomonidan ikkita bosqich doirasida jami to‘plangan ballarga qarab quyidagi miqdorlarda ustama belgilanadi:
🔸 Tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan ballar ketma-ketligida eng yaxshi natija ko‘rsatgan birinchi 5 foiz umumta’lim maktablari – 40 foiz
🔸 Tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan ballar ketma-ketligida eng yaxshi natija ko‘rsatgan keyingi 10 foiz umumta’lim maktablari – 30 foiz
🔸 Tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan ballar ketma-ketligida eng yaxshi natija ko‘rsatgan keyingi 15 foiz umumta’lim maktablari – 20 foiz
🔸 Tahlil qilingan umumta’lim maktablari – 10 foiz
Telegram kanalimiz: @Uz_Teachers