Chet tili fani o’qituvchilariga ustama haq olish uchun test sinoviga arizalar qabul qilish bugun 2-aprel sanasidan boshlandi. Ariza to’ldirish uchun ustama.nsfla.uz saytiga kiring.
– asosiy ishidan ajralgan holda kamida 144 soat davom etadigan dastur bo‘yicha malaka oshirgan va sertifikatga ega bo‘lgan
– chet tilini bilishni aniqlash bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan, ushbu haqida ma’lumotnomaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama haq belgilanadi.
Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 sentyabrdagi qarorining “Ta’lim muassasalarining qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan pedagog xodimlari lavozimlari ro‘yxati, mazkur to‘lovlarning turlari va miqdorlari” to‘g‘risidagi 3-ilovasida qayd etilgan.
Istagan bank bo’limidan DTM hisob raqamiga eng kam ish haqining 20% (34 448 so’m) baravari miqdorida to’lovni to’lang.
DTM hisob raqami:
Казначейство Мин.Фина ИНН 201122919
Расчетный счет 23402000300100001010
в РКЦ ГУ ЦБ МФО 00014 г.Ташкент
Гос. центр тестирования ИНН 200626780
Лиц./счет 400110860262667950100045001
Diqqat: kvitansiyada F.I.SH, passport seriyasi va raqami, ariza raqamini ko`sating va “ustama haq belgilash uchun” deb yozing.