Xalqaro TKT imtihoni ingliz tili o’qituvchilarini pedagogik bilimlarini tekshirishga mo’ljallangan test turi hisoblanadi. Muvaffaqiyatli o’tilganda nomzod ingliz tilini chet tili sifatida o’qita olish uchun yetarli salohiyatga ega ekanligini anglatadi. TKT testi 5ta moduldan iborat: 3ta asosiy va 2ta maxsus.
1-3 modullar o’qitish tamoyillari va usullari bo’yicha umumiy bilimlarni sinovdan o’tkazadi, maxsus modullar esa chet tilini o’qitishning tor sohalariga qaratilgan bo’ladi. Keling, TKT imtihonining har bir modulining mazmunini batafsil ko’rib chiqamiz
TKT 1 moduli til tizimlari, oʻqituvchining vazifalari, darsda foydalanish uchun mavjud boʻlgan texnika va tadbirlar haqidagi umumiy bilimlarni tekshiradi. Nomzod atamalarni va o’quv jarayonlarini tushunishi, shuningdek ularni muayyan vaziyatda qo’llash qobiliyatini namoyish qila olishi kerak.
TKT 2 moduli darsni rejalashtirishni maqsad qiladi va o’qituvchilarni yo’naltirishi mumkin bo’lgan lingvistik va uslubiy ma’lumot manbalariga murojaat qiladi.
TKT 3 modulda o‘qituvchining o‘quv jarayonini tashkil etish va auditoriyani boshqarish qobiliyati, o‘quvchilarni rag‘batlantirish usullarini bilishi, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga mos ravishda tilni moslashtira olishi tekshiriladi.
CLIL va YL modullari chet tillarini o‘qitishning maxsus yo‘nalishlarini qamrab oladi.
TKT: CLIL (Content and Language Integrated Learning) o‘rganishga fanlararo yondashuv asoslari haqidagi bilimlarni sinovdan o‘tkazadi. O’z fanlarini ingliz tilida o’rgatadigan fan o’qituvchilari uchun mo’ljallangan.
TKT: YL (Young Learners) – 6-12 yoshli bolalar bilan ishlaydigan o’qituvchilar uchun modul. Bu yoshdagi o‘quvchilarni o‘rganish va rivojlantirish bilan bog‘liq tushunchalar, o‘qitish usullari, rejalashtirish tizimlari va baholash mezonlarini tushunish haqidagi bilimlarini baholaydi.
Modulli imtihon formati maksimal moslashuvchanlikni ta’minlaydi: uchta asosiy modulning barcha TKT testlari har qanday tartibda, birgalikda yoki alohida olinishi mumkin. Har bir topshirilgan test uchun nomzodga xalqaro Cambridge sertifikati beriladi. Sertifikatning amal qilish muddati cheklanmagan.
Nima uchun TKT imtihonini topshirish kerak va qanday imtiyozlar beradi?
TKT Ingliz tili imtihoni o’z professionalligini isbotlash va martaba imkoniyatlarini kengaytirish, ko’tarilish istiqbollarini olish yoki chet elda ishlashni istagan o’qituvchilar uchun mo’ljallangan. TKT malakasi butun dunyoda tan olingan va imtihondan muvaffaqiyatli o’tganlik sertifikati o’qituvchining chuqur bilimidan dalolat beradi. Bu yosh va tajribasiz o’qituvchilarga mavqega ega bo’lishga yordam beradi va ularning qobiliyatlariga ishonch hosil qiladi. Bundan tashqari, O’zbekistondagi TKT sertifikatiga ega ingliz tili o’qituvchilariga maxsus 50 foiz ustama beriladi. Sertifikat C1 darajasidagi milliy va xalqaro sertifikatlarga tenglashtiriladi. Attestatsiya imtihonlaridan ozod qiladi
O’zbekistonda qayerda topshirish mumkin?
cambridgeenglish.org saytidagi ma’lumotlarga ko’ra TKT testini Toshkent va Samarqand shaharlarida topshirish mumkin. Toshkentda xorijiy tillar agentligi binosida, Samarqandda Innovatiive Centre binosida topshirish mumkin.
Narxi TKT modul 1-2 har biri 1 030 000 so’mdan
TKT modul 3 – 1 090 000 so’m
(Naxlar 2021-yil Noyabr oyi holatiga ko’ra)