1-sinf qabuli bo’yicha eng ko’p beriladigan savollarga javoblar

Yangiliklar

XTV Toshkentda 1-sinfga qabul boʻyicha koʻp beriladigan savollarga javob qaytardi

Xalq taʼlimi vazirligi Toshkent shahrida 1-sinfga qabul boʻyicha koʻp beriladigan savollarga javoblarni eʼlon qildi.

1) Barcha maktablarga hujjatlarni Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish kerakmi?

Yoʻq, faqat 81 ta maktabga Davlat xizmatlari markazlari orqali topshiriladi. Qolgan 228 ta maktabga hujjatlar maktabda qabul qilinadi.

2) 81 ta maktabning mikrohududini qayerdan bilsa boʻladi?

A) qabul.uzedu.uz sayti orqali
B) Davlat xizmatlari markazlari orqali
V) Maktablar orqali

3) Qoʻshimcha kvota qachon ochiladi?

1 avgust kuniga qadar mikrohududda yashovchi 7 yoshdagi bolalar maktabga joylanadi. Maktablarda boʻsh joy qolsa, qoʻshimcha kvota ochiladi.

4) Vaqtinchalik propiskaga ega shaxslar nima qilishi kerak?

Vaqtinchalik propiskaga ega shaxslar qolgan 228 ta davlat va 40 nodavlat maktab muassasalariga hujjat topshirishlari mumkin.

5) Mikrohudud boʻyicha taʼlim rus tilida olib boriluvchi sinflar boʻlmasa nima qilish kerak?

Rus tili sinflari yoʻq maktablarda bunday sinflar ochiladi. Rus tili sinflarini ochish imkoni boʻlmasa, ota-onalar Toshkent shahar xalq taʼlimi Bosh boshqarmasiga murojaat qilishlari kerak. Bosh boshqarma mutaxassislari rus tili sinfi mavjud maktabga bolani bepul yoʻnaltiradi.

6) Bola akasi yoki opasi taʼlim olayotgan maktabda tahsil olishi mumkinmi?

Agar bolaning akasi yoki opasi tasdiqlangan 81 ta maktab roʻyxatiga kiritilmagan oʻrta umumiy taʼlim muassasasida taʼlim olsa, bola Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori talablari asosida maktabga qabul qilinadi. Ota-onalar maktabga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilishlari lozim.
Roʻyxatga kiritilgan 81 ta maktabga bu guruhdagi bolalar asosiy kvotaga qabul tugaganidan soʻng va maktabda boʻsh oʻrin mavjud boʻlganda qoʻshimcha kvota asosida qabul qilinadi.

4 1 vote
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
1 Comment
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments