Yangi Davlat dasturi: ta’limga bo‘lgan ulkan e’tibor

Qarorlar

2018-yilning 22-yanvar kuni mamlakatimizning kelgusi istiqbolini belgilashga xizmat qiluvchi muhim huquqiy xujjat qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5308-son Farmoniga 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid DAVLAT DASTURI qabul qilindi.

Davlat dasturi Harakatlar strategiyasinining beshta ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, jami 231 ta banddan iboratdir. 2018-yilda mazkur Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirishning jami xarajatlari: 11239,2 mlrd. so‘m va 1284,9 mln. AQSh dollari etib belgilandi.

Davlat dasturining 4.3. “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” bo‘limi o‘zida 162-banddan 177-bandgacha 16 bo‘limni egallagan. Xususan shulardan                 5 tasi bevosita xalq ta’limi tizimiga oiddir.

Quyida Sizning e’tiboringizga xalq ta’limiga oid bo‘lgan muhim bo‘limlarni quyida taqdim etamiz:

  1. “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish (muddati: 2018-yil 20-iyul).

Shakl: O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada: ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari; nodavlat ta’lim xizmatlarini tashkil etish va faoliyatni litsenziyalash; ta’lim tizimida davlat-xususiy sherikchilikning asosiy qoidalari va yo‘nalishlari; ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini takomillashtirish; ta’lim jarayonini zamonaviylashtirishga oid boshqa qoidalar belgilanadi.

  1. Yoshlarni kasbga tayyorlash maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida beriladigan kasblar bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqish (muddati: 2018-yil 1-aprel).

Shakl: Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar.

Bunda: umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga beriladigan kasblar bo‘yicha zamonaviy malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash; o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilgan 489 ta sinflarni jihozlash nazarda tutiladi.

  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbar va o‘qituvchilarining ish vaqti me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish asosida ortiqcha hisobotlarni kamaytirish, ta’limni boshqarish organlari va rahbarlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilmagan hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilishga barham berish (muddati: 2018-yil 30-iyul).

Shakl: Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda: o‘qituvchilar ish vaqti me’yorlarini belgilashga oid amaldagi hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish asosida ortiqcha qog‘ozbozlik va hisobotbozlikka chek qo‘yish; o‘qituvchilarning o‘z ustida ijodiy ishlashi hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirish uchun shart-sharoit nazarda tutiladi.

  1. Respublikadagi 335 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda maktablarni mebel, o‘quv-laboratoriya jihozlari va boshqa inventarlar bilan ta’minlash (muddati: 2018-yil 1-mart).

Shakl: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyiha bilan manzilli dastur tasdiqlanib, qurilish, ta’mirlash va jihozlash ishlari amalga oshiriladi.

  1. Xalq savodxonligini ko‘tarish, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalarida milliy boylik hisoblangan tilning rolini oshirish (muddati: 2018-yil 20-oktabr).

Shakl: Amaliy chora-tadbirlar.

Davlat idoralari, korxona, muassasa va tashkilotlarda “ommaviy diktant” tadbiri o‘tkazilib, o‘zining savodxonlik ko‘rsatkichini aniqlashni xohlovchi fuqarolar unda ixtiyoriy ravishda qatnashadi.

O‘ylaymizki, mazkur islohotlar zamirida xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar va pedagog xodimlarning mehnatlari qadrlanib, kelajagimiz vorislari bo‘lmish o‘quvchi-yoshlarimizga sifatli ta’lim berishga yanada keng imkoniyatlar yaratiladi.

 

3.7 3 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
0 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments