OTMga qabul qilish imtihonlari 1-avgustdan 15-avgutgacha o’tkaziladi

Yangiliklar

“Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga asosan:
– o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizalar esa har yili 15-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi;
– test sinovlari har yili 1-avgustdan 15-avgustga qadar, kuniga ikki smenda o‘tkaziladi. Bunda 1-smena 8:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi;
– abituriyent test sinovlari o‘tkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 13:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 13:30) gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirishi lozim;
– test sinovlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilyonlarida va uning hududida o‘rnatiladigan qo‘shimcha yig‘ma pavilyonlarda, shuningdek, katta sig‘imdagi boshqa binolarda, viloyat markazlarida esa — olimpiya zaxiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarning katta sig‘imdagi binolarida o‘tkaziladi;
– test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 30 ta test topshirig‘iga 1 soat, 60 ta test topshirig‘iga 2 soat, 90 ta test topshirigiga 3 soat vaqt beriladi;
– test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 20-avgustdan 30-avgustgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan bakalavriatga test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

0 0 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
0 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments