«Osongina» til o’rganish haqida

Uncategorized

Oxirgi payt qaysi e’lonni, reklamani ko’rsangiz ingliz tilini tez va oson o’rganing, 2 oyda IELTS 7, 3 oyda o’z ona tilizdek gapira boshlaysiz. 6 oyda chet ellik sekinroq gapiring tushunmay qolyapman devoradi deb tashlashyapti.
O’zi rostan shunaqami? Til o’rganish shunchalar osonmi?
Meni shaxsiy fikrim va tajribamdan kelib chiqib shuni aytamanki, til o’rganish bu asta-sekinlik bilan, davomiy mehnat va iroda evaziga bo’ladi. Ming zo’r innovatsion metod chiqqani bilan ham, u metod hammaga birday tushavermaydi. 3-6 oyda hamma ona tiliday gapirib ketavermaydi. So’zlarni, til qoidalarini, gap strukturasi, jumla va gaplarni yodlash uchun miyamizga ham vaqt kerak. Yodlagandan keyin u so’zlar miyamizdan passiv shaklda o’rin oladi . Uni aktivga o’tkazish uchun tinimsiz shug’ullaniladi. Amaliyotda qo’llash kerak bo’ladi. Tinimsiz mehnat qilinadi.
Falon millionga kitob, piston millionga kurs taklif qilayotganlar kitobini olganizdan keyin sizni qanchalik o’rganayotganiz bilan bir tiyinlik ishi bo’lmaydi. Olgan kitobini ham qaytarib berolmaysiz. Pul to’ladiz kuydiz ortga yo’l yo’q turkumidan.
Hali bunday kitoblar, kurslar, yomg’irdan keyingi qo’ziqorinday ko’payaveradi endi. Har xil nomda chiqaraverishadi. Chunki mazasini bilib qolishdi. Bitta qo’l uchida kitob tayyorlanadi. 1.5 million narx qo’yiladi. Aksiya qilib narxini biroz arzonlatiladi. Bizniki yangi metod deb televizorga bitta e’lon berib aylantirvorilsa bo’ldida. Tushayotgan daromaddan o’sha kanalni egalab olishadi ko’ngil aynib ketguncha reklama ketadi. Kitob samara beryaptimi yo’qmi, olganlar rozi bo’lyaptimi, qanchasi rozi bo’lyapti, rozi bo’lmaganlarga qanday yechim berilyapti bular absolyutno qiziq emas. Shu biznes yurib tursa, xalqdan pul supurib olinsa bo’ldi.
Har qanday reklamani ham jiddiy qabul qilavermang, til o’rganish uchun o’sha pulga yaxshi o’qituvchiga boring, vaqt ajrating 6 oy bitta kitobni qayta-qayta eshitib yurib o’rgangan bilimizdan ko’ra, 1ta yaxshi o’qituvchiga 2 oy qatnasangiz ko’proq va sifatliroq bilim olasiz deb o’ylayman.

4.7 6 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
0 Comments
Inline Feedbacks
View all comments