Ingliz tilini o‘rganish uchun 10 ta sabab

Uncategorized
Ingliz tili dunyoda eng ko‘p insonlar tomonidan so‘zlanadigan tillar qatoriga kiradi. Ingliz tilini o‘rganish uchun ko‘p sabablarni keltirib o‘tishim mumkin. Ammo asosiy 10 ta sababni keltirsak, o‘quvchi uchun boshlanishiga ham qiziq va foydali bo‘ladi.

1. Babbel ma’lumotiga ko‘ra, yer yuzida 7.5 milliard inson bo‘lsa, shulardan 20% insonlar ingliz tilini bilishar ekan. Har 5 odamdan bir kishi ingliz tilini bilishi yoki tushunishi ayni haqiqat deb qarasak, ingliz tilini bilgan odam dunyoning qaysi nuqtasiga borsa ham so‘zlasha olar ekan.

2. Ingliz tili ilm-fan, texnalogiyalar, turizm va diplomatik aloqalar tili hisoblanadi.

Keling xohlagan dasturlash tilini olaylik, barchasi ingliz tilida yozilgan. Eng yaxshi kitoblar, maqolalar ingliz tilida choq etiladi. Diplomatik munosabatlar barchasi ingliz tilida yuritiladi.

3. Ingliz tili 53 davlat rasmiy tili hisoblanadi. Aholi zich davlatlar aholisi aksariyati ingliz tilida so‘zlashadi. Keling bir necha rivojlangan davlatlarni keltirib o‘tsam.

Amerikada taxminan 231 million inson ingliz tilidan birinchi til sifatida foydalanadi. Kanadada bu ko‘rsatkich 19 million.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Yevropada 450 million kishi ingliz tilini bilishsa, Osiyoda ham bu ko‘rsatkich juda yuqori. Hindiston — 125 million, Pokiston — 94 million, Filipin — 90 million

4. Dunyo bo‘ylab 400 milliondan ortiq insonlar ingliz tilida so‘zlashuvchi oilalarda ulg‘ayishgan, va birinchi ona tili sifatida aynash shu tildan foydalanashidi.

5. Ingliz tili media tili hisoblanadi.

Birinchi ma’lumot ingliz tilida ommaga tatbiq qilinadi. Ingliz tilini bilgan odam, birinchilardan bo‘lib dunyo yangiliklaridan bahramand bo‘ladilar.

6. Ingliz tili internet tili.

Ko‘pgina veb sahifalar, platformalar, ilovalar ingliz tilida yozilgan. Ingliz tilini bilsangiz, ko‘pgina qiziq forumlar, zamon bilan hamnafas bahs-munozaralarda ishtirok etishingiz mumkin.

7. Ingliz tili oson alifbodan tashkil topgan. Boshqa tillarga solishtirganda o‘rganish oson. O‘rganish uchun manbalar ko‘pligi bo‘yicha ham ingliz tili turadi.

8. Ingliz tili qiziq til. Uni o‘rganishni boshlagan odam hechqachon zerikmaydi. Oson o‘rganish usullari mavjud. Barcha ma’lumotlar ingliz tilida bo‘lgani uchun, atrof muhit ingliz tiliga boy. Shuni inobatga olsak, ingliz tilini o‘rganishga sayohat juda oson kechadi.

9. Eng yaxshi oliygohlar, o‘quv kurslari, onlayn kurslar ingliz tilida. Siz bilgan MIT, Harvard, Oxford universitetlari programmalari barchasi ingliz tilida. Dunyoning eng nufuzli 1000ta universiteti ingliz tilida programmalar taklif qilishadi. Kasb mutaxasislari ingliz tilini bilishadi. Dasturlash tili mutaxasistlari barchasi ingliz tilini bilishi talab qilinadi.

10. Ingliz tilini bilishingiz sizni boshqa davlatlarga qo‘rqmasdan ko‘chib o‘tib ozroq vaqt yashab, o‘qib, ishlashingizga zamin yaratadi. Migratsiya uchun yo‘l bu ingliz tili hisoblanadi. Amerika, Avstraliya, Kanada, Yangi Zellandiya va Yevropaning ko‘pgina davlatlari ingliz tilida o‘qish, ishlash va yashash imkonlarini beradi.

Ingliz tilini bilsangiz, sayohat qilishdan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi. Dunyoning qaysi burchagiga borsangiz ham o‘z rizqingizni shu sabab topa olasiz.

4.3 15 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
13 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments