Endi ayrim ingliz tili o’qituvchilaridan ishga kirishda B2 sertifikati talab etilmaydi

Uncategorized

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2023-yil 28-noyabrdagi 27/9-183-son topshirig‘iga asosan 2025/2026 o‘quv yiliga qadar istisno tariqasida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan hududlardagi davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablariga xorijiy til o‘qituvchisi vazifasiga milliy yoki xalqaro baholash tizimlari bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi chet tilini bilish sertifikatiga ega bo‘lmagan tegishli mutaxassislarni vaqtincha ishga qabul qilinishiga rozilik berilgan.
Yuqoridagilarga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarori bilan tasdiqlangan hududlardagi davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablariga Markazlar tomonidan tegishli sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilarini ishga qabul qilish bo‘yicha hujjat loyihalarini ko‘rib chiqishda 2025/2026 o‘quv yiliga qadar yuqorida keltirilgan chet tilini bilish sertifikati talab etilmasligi belgilangan.

Qarorning to’liq matni va hududlar ro’yxati bilan hujjatning pdf shaklida tanishishingiz mumkin.

YUKLAB OLING: 28.11.2023 dagi 27-9-183-son

4 7 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
0 Comments
Inline Feedbacks
View all comments