Daraja aniqlash imtihoni (CEFR) haqida

O`qituvchilarga

Daraja aniqlash (CEFR) imtihonining to’liq nomi chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovi bo’lib, xalq tilida CEFR deyiladi. Davlat Test markazi tomonidan har oyda bir marta Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida tashkil qilinadi.
Jami 5ta bo’limdan imtihon topshiriladi.
Listening
Reading
Lexical and Grammar competence
Writing
Speaking

Speakingdan tashqari barcha bo’limlar bir vaqtda bo’ladi. Eng dastlab Listening, Reading va Lexical and Grammar competence tekshiriladi va javoblari e’lon qilinadi keyin Speaking imtihonlari bo’lib o’tadi, Test sinovi yakunlari bo’yicha eng yuqori ballning 60 foizi to’planganda, imtihondan o’tgan hisoblanadi va topshirgan darajasi bo’yicha (B1, B2 yoki C1) daraja sertifikati beriladi. B2 darajasi abituriyentlar uchun OTM ga topshirishda ingliz tilidan maskimal ball beradi. Agar filologiya yo’nalishlariga topshirsa, imtiyoz uchun C1 daraja talab etiladi. Chet tili o’qituvchilarga C1 darajasi 50 foiz ustama beradi. Mutaxassislik fanlaridan dars beradigan o’qituvchilar B2 darajaga ega bo’lsa va o’z fanini chet tilida o’tsa, 40 foiz ustama beriladi. Bundan tashqari C1 sertifikati toifa imtihonlariga qatnashmay maksimall bal olib toifadan o’tish huquqini beradi. B2 darajasi chet tili o’qituvchilariga hech qanday imtiyoz bemaydi.
Imtihon topshirish narxi 405 ming so’m. Sertifikat amal qilish muddati 2 yil. my.dtm.uz sayti shaxsiy kabinet orqali topshiriladi va imtihon sanalari, o’tkazish joylari va natijalar ham shu kabinet orqali aniq bo’ladi. Testda ishtirok etish ixtiyoriy, o’tolmay qolganda hech qanday salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Ustama imtihonidan farqi bu testni istalgan odam (o’quvchi, talaba, o’qituvchi, fuqarolar) topshirishi mumkin.

Boshqa imtihonlardan afzalliklari:
Nisbatan arzon (Taqqoslash uchun IELTS – 1 927 000 so’m)
✅ Barcha viloyatlarda o’tkaziladi
✅ Har oy o’tkaziladi
✅ C1 daraja olinganda 50 foiz ustama beradi, toifa imtihonida esa maksimal ball beradi, filologiya yo’nalishi magistratura abituriyentlariga imtiyoz beradi
✅ B2 daraja nofilologik yo’nalishdagi magistraturaga va barcha yo’nalishdagi OTM bakalavr abituriyentlariga imtiyoz beradi

Kamchiliklari:
Javoblari sekin chiqadi (1-2 oygacha)
❌ Faqat O’zbekistonda tan olinadi
❌ Topshirgan daraja beriladi (pastroq natija ko’rsatilganda pastroq daraja berilmaydi)

O’ylaymanki to’liq ma’lumot bera oldim. Qo’shimcha savollarni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

22 thoughts on “Daraja aniqlash imtihoni (CEFR) haqida

  1. assalomu aleykum. men cefr topshirmoqchiman agar sizlarga topshirsam b2 daraja kerak.. lekin b1 darajaga bilimim to’g’ri kelsa b2 daraja bera olasizmi?

  2. Aka u prezident maktabiga ishledimi menga telefon qivoring 13:00 da ma’lumot ovolaman

  3. bir yilning o’zida ikki marta cefr topwirsa,ikkinchi imtihonda ball past chiqsa, birinchi imtihon natijasi bekor bo’ladimi yoki o’z kuchida qoladimi

  4. Assalomu alikum Hasanboy aka siz ingliz tilidan dars berasizmi dars bersangiz men Fevral oyidan boshlab ozim Raund up murpi va essential kitoblarin oqiyapman har kuni 2 3 soatlop men b2 daraja olishim ushun yana qansh tayarlanishim kerak iltimos aytip yuboring oldindan rahmat

  5. Assalomu-alaykum! Upper- Intermediate o’ qib B2 oldim,shu sertifikat bilan magistrga hujjat topshira olamanmi

  6. Assalom aleykum, maktabda Ingliz tili o’qituvchilariga B2 daraja uchun ustama beriladimi? Agar berilsa qaysi qarorga muvofiq beriladi? Kimdir biladimi, javob uchun oldindan katta rahmat

  7. Assalomu alaykum man tarix fanidan qishloq maktabiga dars beraman. Man B2 darajani olsam manga ustama beriladimi va necha %?

  8. Qishloq o’qituvchilari 30% ustama olish uchun qaysi joylar shahar tipiga kirishini belgilovchi hujjat bormi,Hasanboy,agar javob bersangiz oldindan rahmat

  9. Ikkinchi oliy ta’lim yani ikkinchi mutaxassislik deyiladi. Bunga CEFR shart emas. Imtihon bo’lmasligi ehtimoli katta. Topshirasiz kontrakt to’lab o’qiverasiz. Doktoranturadan xabarim yo’q

  10. CEFR sertifikatini olib ikkinchi oliy ta’limdan keyin oliy ta’limga ya’ni doktoranturaga topshirishsa o’tadimi?
    Iltimos shu haqida ham ma’lumot bering…

  11. Faqat ingliz tili fanlari uchunmi,bizda bir matematik cefr olish uchun tayyorlanyapti, boshqa fanlarga ham taalluqlimi cefr

  12. Mutaxassislik fanlaridan o’tsa 40 foiz ustama berilishi qaysi qarorda ko’rsatilgan?

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan