Bizdan til o’rganish kitoblarini sotib oling, agar o’rgana olmasangiz pulingizni 100 foiz qilib qaytaramiz» bu kabi e’lonlar ortida nima yotibdi?

Uncategorized

Ijtimoiy tarmoqlarda, Televizor, radiolarda ham shu kabi e’lonlarga ko’zingiz tushgan bo’lsa kerak. Hozirda faqat til kitoblari emas juda ko’p sohalarda uchrayapti bunday e’lonlar. Bu narsaga shaxsiy munosabatimni bildiradigan bo’lsam bu biznesdan boshqa narsa emas. 6 oyda natija bo’lmasa pulingiz 100 foiz qaytariladi degan o’sha kitob haqiqatda zo’r degani emas. Bu yerda ayyorlik bor. Siz qimmatga kitob sotib olasiz. Sizga kitob ma’qul bo’lmadi. Menga ma’qul kelmadi deb oborib berolmaysiz. Oborsangiz ham 6 oy biz aytgandek o’rganing, keyin natija bo’lmasa keling deyishadi. Xullas 6 oy kichkina muddat emas. 6 oy ichida pulizni qaytarib olish shashtidan qaytishingiz aniq. Oxirigacha borib pulingizni qaytarib olsangiz ham ular hech narsa yutkazmaydi. Chunki sizni pulizni allaqachon aylantirib o’z foydalarini chiqarib bo’lishgan bo’ladi. Bu narsani chetga o’qishga jo’natadigan firmalar misolida ham ko’rishiz mumkin. 5-6 million pulizni olishadi. 3-4 oyda o’qishizni bir yoqli qiberaman deyishadi. Lekin siz to’lagan pulni boshqa mavsumiy biznesga tikishadi. Hech narsani eplay olishmasa keyin yana 2-3 oy cho’zib pulizdan maksimal foydalanib keyin «uzr shunaqa bop qoldi» deb qaytarib berishadi. Umuman turli sohalarda turli mahsulotlarni niqob qilib olgan bu kabi bizneslar ko’payib qoldi. Ularni mahsulotini olish, xizmatidan foydalanish bu shaxsiy ishingiz lekin shunchaki bilishizni istayman bularni sxemalari ortida shunday o’yinlar yotadi.

👉 @hrasulov – Hasanboy Rasulov web blogi

4.7 3 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
0 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments