Aptis yoki CEFR? Qaysi birini topshirganim ma’qul?

Uncategorized

Obunachilarim tomonidan ko’p so’raladigan savollardan biri bu Aptis yoki CEFR dan qaysi biri afzalligi va qanday imtiyozlar berishi haqida.
Aptis yaqin vaqt ichida DTM va British Council bilan hamkorlikda tashkil etilgan malaka testi hisoblanadi. CEFR ni esa (Aslida CEFR deyishimiz xato, haqiqiy nomi “Chet tili darajasini bilishni aniqlash testi”. Lekin xalq tilida ustama testiyam, buyam CEFR deyilaveradi) ko’pchilik abituriyentlar yaxshi biladi.

Aptis afzalliklari:
✅ British Council bilan hamkorlikda tashkil etilgan
✅ Javoblari 72 soatdayoq chiqadi
✅ C1 daraja olinganda ustama beradi
✅ Har oy o’tkaziladi
✅ Bilimingiz yetgan daraja beriladi (B1, B2 yoki C1)

Kamchiliklari:
❌ Narxi nisbatan qimmatroq (557 500 so’m)
❌ Kompyuterda bo’ladi (Kompyuterni yaxshi bilmaganlar uchun noqulay)
❌ Faqat Toshkentda bo’ladi
❌ Faqat o’qituvchilar uchun (abituriyent va magistrantlarga imtiyoz bermaydi)

Chet tili darajasini bilishni aniqlash testi

Afzalliklari:
✅ Arzon (336 500 so’m)
✅ Barcha viloyatlarda o’tkaziladi
✅ Har oy o’tkaziladi
✅ C1 daraja olinganda ustama beradi
✅ B2 daraja (abituriyent va magistrantlarga imtiyoz beradi)

Kamchiliklari:
❌ Javoblari sekin chiqadi
❌ Topshirgan darajangiz beriladi. O’tolmasangiz daraja ololmaysiz

Shularni hisobga olib, arzon va hamma viloyatlarda bo’lishini hisobga olgan holda, CEFR topshirishni maslahat beraman. Yanayam tanlov o’zingizning qo’lingizda

Do'stlaringizga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.