70 foizlik ustama haqida nimalar ma’lum?

O`qituvchilarga Yangiliklar

Prеzidеnt farmoni (PF-79-son, 26.05.2023) ga ko’ra 2025-yil 1-yanvarga qadar malaka toifalarini bеrish tizimini vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkrеditasiyasidan o’tkazish orqali pеdagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sеrtifikatini bеrish amaliyoti yo’lga qo’yilishi belgilangan.

Tizim xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganidan keyin ushbu talablar asosida kerakli natijani qo’lga kiritgan pedagoglar tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foizlik ustama olishlari mumkin bo‘ladi.

70 foiz ustama olish uchun nimalar qilish kerak?

1. Eng birinchi navbatda o’z faningizdan attestatsiya imtihoni uchun ariza topshirasiz. Bunda navbatdagi majburiy yoki navbatdan tashqariligini ahamiyati yo’q.

2. Toifa imtihonida 86 ball va undan yuqori to’playsiz.

Shu xolos. Bu alohida tashkil qilinadigan yoki ma’lum shartlar ostida o’tkaziladigan imtihon emas. Shunchaki toifa imtihonida eng kamida 86 ball top’lashingiz kerak. Shunda 70 foizlik ustamaga ega bo’ladi.

Masalan hozirda mutaxassis bo’lsangiz va 2-toifa uchun topshirayotgan bo’lsangiz. Imtihonda 62 ball yig’sangiz, 2-toifaga ega bo’lasiz. 86 ball yi’g’ib o’tsangiz, 2-toifa + 70 foizlik ustamaga ega bo’lasiz.

Qaysi toifadagilar 70 foizlik ustamaga da’vogarlik qilishi mumkin?

Ushbu ustamani qo’lga kiritish uchun toifaning ahamiyati yo’q. Istalgan toifaga topshirib, ushbu ustamani qo’lga kiritishingiz mumkin.

Navbatdagi majburiy attestatsiyadagi imtiyoz beradigan sertifikatdan foydalansa bo’ladimi?

80 ball taqdim etadigan imtiyoz sertifikati bilan ushbu ustamaga da’vogarlik qilib bo’lmaydi. Ustamaga ega bo’lish uchun imtiyozsiz ariza topshirish kerak yoki bo’lmasam majburiydan keyingi faslda navbatdan tashqari topshirib ustamaga da’vogarlik qilish mumkin.

Umrbod toifaga ega boʻlgan pedagoglar ham ishtirok eta oladilarmi?

Umrbod toifaga ega boʻlgan pedagoglar ham oʻz ixtiyorlariga koʻra, attestatsiyaning navbatdan tashqari turi boʻyicha ishtirok etisb, ushbu ustamani qo’lga kiritishlari mumkin bo’ladi.

4.7 3 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
0 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments