Aptis testi haqida

O`qituvchilarga

Aptis for teachers imtihoni Davlat test markazi tomonidan British Council bilan hamkorlikda tashkil qilinadigan test turi. O’zbekistonda faqat o’qituvchilar uchun mo’ljallangan Aptis for teachers topshirish mumkin. Faqatgina ingliz tili o’qituvchilari topshira oladi. Deyarli har oyda Toshkent shahri va turli vaqtlarda turli viloyatlarda tashkil qilib kelinadi. To’lovi 675 ming so’m.
Jami 5ta bo’limdan imtihon topshiriladi.
Listening
Reading
Lexical and Grammar competence
Writing
Speaking

Barcha bo’limlar bir kunda, ketma-ket kompyuter orqali topshiriladi. Natijalar 72 soatda chiqadi. Har bir bo’limdan olingan natija umumiy hisoblanib darajani ko’rsatuvchi TRF (Test Report Form) beriladi. C daraja olinganda muvaffaqiyatli o’tganligi to’g’risida ma’lumotnoma beriladi. Ma’lumotnoma amal qilish muddati 2 yil. C daraja olinganda o’qituvchilar oyligiga 50 foiz ustama qo’shiladi va boshqa C1 daraja sertifikatlar beradigan imtiyozlarni beradi. C dan past darajalar hech qanday imtiyoz bermaydi.
Aptis testiga topshirish ixtiyoriy, o’tolmay qolganda ishga hech qanday salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.
my.dtm.uz sayti shaxsiy kabinet orqali topshiriladi va natijalar ham shu kabinet orqali aniq bo’ladi.

Aptis afzalliklari:
✅ British Council bilan hamkorlikda tashkil etilgan
✅ Javoblari 72 soatdayoq chiqadi
✅ C daraja olinganda 50 foiz ustama beradi
✅ Har oy o’tkaziladi
✅ Bilimingiz yetgan daraja beriladi (B1, B2 yoki C)
✅ Standartlarga mos tashkil etilgan
✅ Malaka oshirish talab qilmaydi

Kamchiliklari:
❌ Narxi daraja aniqlash testidan bir muncha qimmatroq (675 000so’m)
❌ Kompyuterda bo’ladi (Kompyuterni yaxshi bilmaganlar uchun noqulay)
❌ Imtihon o’tkaziladigan viloyatlar oldindan ma’lum emas
❌ Faqat ingliz tili o’qituvchilari uchun

O’ylaymanki to’liq ma’lumot bera oldim. Qo’shimcha savollarni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

Boshqa imtihonlar:
Daraja aniqlash | Ustama | TKT

4.2 44 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
8 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments