Ustama uchun test bo’yicha eng dolzarb savollarga javoblar

CEFR O`qituvchilarga

Chet tili o’qituvchilari oyligiga ustama qo’shish uchun test bo’yicha eng ko’p berilayotgan savollarga javoblar:
1. Ustama olish uchun oxirgi 3 yilda malaka oshirgan bo’lishi kerak deyilgan ekan. Lekin Malaka oshirish 5 yilda bir marta bo’lib qolgan-ku. Men esa malaka oshirganimga 4 yil bo’ldi. Testdan o’tsam ustama beriladimi?

Javob: Bunday shartda ustama olish sizning ish joyingizga bog’liq. Ba’zi maktablar har 3 yilda malaka oshirishingizni talab qilsa ba’zilari 5 yilda bir talab qilishi mumkin. Agar sizning ish joyingiz 5 yilda malaka oshirishni talab qilsa siz testdan o’tganingizdan so’ng ustama olishingiz mumkin.

2. Men bu yil o’qishni tamomladim. Men ham topshirib testdan o’tsam ustama olsam bo’ladimi?

Javob: Ha bo’ladi. Yangi bitirgan yoki bitirganiga hali ko’p bo’lmagan hodimlar ustama olishlari mumkin.

3. Ustama sertfikati qayerdan olinadi?

Javob: DTM Hududiy bo’limlaridan olinadi

4. Ma’lum sabablarga ko’ra ustama sertifikati kechiksa, oylikka ustama sertifikat qo’lga tekkan kundan boshlab qo’shiladimi?

Javob: Yo’q ustama sertifikat amal qilish muddatidan boshlab qo’shiladi

5. Qanday holatda 15 foiz va qanday holatda 30 foiz ustama beriladi?
Javob: agar siz ishlaydigan maktab shahar va shahar posyolkalari tipidagi hududlarga qarashli bo’lsa 15 foiz, qishloq hududida joylashgan bo’lsa 30 foiz ustama to’lanadi

6. Ustama testiga topshirish majburiymi?
Javob: Yo’q, ixtiyoriy.

7. Ustama testidan o’ta olmasa ishimga salbiy ta’sir qilmaydimi?
Javob: Yo’q hech qanday salbiy ta’sir qilmaydi

8. Men malaka oshirmaganman, keyingi yil malaka oshirishga boraman. Men ham ustama testiga topshirsam bo’ladimi? Agar o’tsam ustama to’anadimi?
Javob: Ha, bo’ladi. Malaka oshirganingizdan keyin ustama to’lash boshlanadi.

9. Birinchi marta topshirganda ustama testi bepulmi? Men ariza topshirgandim, menga to’lang deb kvitansiya keldi.
Javob: Ha, bepul! Birinchi topshirishingiz bo’lsa kvitansiyasini e’tiborsiz qoldirasiz.

10. Men oldingisida topshirib, pul to’lamaganman. Ustamadan o’tganman. Bu yil sertfikatimni muddati tugadi. Endi yana topshirsam pul to’laymanmi?
Javob: Yo’q, agar siz oldingi safar birinchi marta topshirib pul to’lamagan bo’lsangiz va sertifikatizni muddati bu yil tugagan bo’lsa, siz ariza topshirganda to’lov qilmaysiz!

11. Ustama testi qanday tartibda o’tkaziladi?
Javob: 5 ta bo’limda o’tkaziladi.
Listening
Reading
Lexical and Grammar Competency 
Writing
Speaking
Bunda Listening, Reading, Grammar Competency va Writing imtihonlari bir vaqtda o’tkaziladi. Keyin natijaga qarab, Listening, Reading, Grammar Competency lardan 50 foizdan baland olinsa, keyin Writing tekshiriladi. Writing natijasi 60 foizdan oshgan bo’lsa, eng oxirgi imtihon Speaking topshiriladi va u ham 60 foizdan oshsa keyin ustama sertifikati beriladi.

12. Qanday qilib ariza bersam bo’ladi?
Javob: www.dtm.uz/page/ustama saytiga kirib ro’yxatdan o’tish orqali arzia berasiz. Test kunlari va joyi ham o’sha shaxsiy kabinetingizda aniq bo’ladi.

13. IELTS 6.5 sertifikatim bor. Bu ustamaga o’tadimi?
Javob: Yo’q o’tmaydi. IELTS dan 7.0 va undan baland sertifikatiz bo’lsa yoki C1 darajadagi sertifikatingiz bo’lsa ustama sertifikat o’rniga o’tadi. Undan past darajalar o’tmaydi.

15. Ustama sertifikati qancha muddatga beriladi?
Javob: 3 yilga beriladi.

16. Test qachon va yilda necha marta bo’ladi?
Javob: Yilda ikki marta bo’ladi. Sanalari oldindan aniq bo’lmaydi. Bahordagisida Listening, Reading, Grammar and Lexical competence va Writing imtihonlari may oyida o’tkaziladi. Gapirish ko’nikmasi esa iyun yoki iyulda bo’ladi. Kuzdagisida esa noyabr oyida ro’yxatga olish boshlansa, dekabr oyida imtihon bo’ladi.

Ustama bo’yicha savollaringiz bo’lsa shu yerga yozib qoldiring!

Ustama, CEFR, Aptis, IELTS imtihonlariga ro’yxatdan o’tib berish va to’lovlarini to’lab berish xizmati uchun telegramdan @forcefr akkauntiga yozing.

4.3 8 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
50 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments