Sink or swim (qiziqarli o’yin)

O`qituvchilarga

Bu o’yin ko’proq o’tilgan mavzularni takrorlashda yoki yodlangan so’zlarni so’rashda juda ham qo’l keladi.
Bu o’yinni o’ynash uchun sinfingizni ikki guruhga bo’lib olasiz. Guruhga bo’lishda bir guruhda faqat kuchlilar yoki o’zlashtirishi past bo’lgan o’quvchilar yig’ilib qolmasligiga e’tibor bering.

O’yinni boshlashdan oldin o’quvchilarga o’yin qoidalarini tushuntirasiz. Ya’ni, o’tilgan mavzular bo’yicha xohlagan bir o’quvchiga savol berasiz yoki yodlanishi kerak bo’lgan so’zlardan bittasini so’raysiz. Agar, siz so’ragan o’quvchi savolingizga to’g’ri javob bera olsa u holda u guruhga bir ball qo’yasiz. Javob bera olmasa keyingi guruhga savol berasiz. To’g’ri javob berilgan taqdirda, javob bergan o’quvchi keying guruhdan xohlagan bir kishini cho’ktirib yuborish (o’yindan chiqarib yuborish) huquqiga ega bo’ladi. Va bir kishini tanlashi kerak bo’ladi. Kimni tanlasa o’sha o’quvchi o’yindan chiqadi va unga savol berilmaydi. (Chalg’itmasligi uchun o’rnidan turg’izib qo’ysangiz ham bo’ladi). Yoki bo’lmasam o’zining guruhidan kimdir cho’ktirilgan bo’lsa, o’sha odamni yana qutqarishi va o’yinga qaytarishi mumkin. Cho’ktirish yoki qutqarishni savolga to’g’ri javob bergan odam hal qiladi.  O’yin adolatli o’tishi uchun aytib berilgan javoblar uchun guruhdan jarima bali olib tashlasangiz ham bo’ladi.

O’yin bir jamoada ishtirokchi tugagunicha davom etadi. O’yin so’ngida eng passivlar qolishini inobatga olsak (hamma kuchli o’quvchini cho’ktirishga harakat qiladi) guruhdagi ishtirokchilar soniga qarab ham o’yinni ertaroq yakunlash mumkin. O’yin juda ham cho’zilib ketadigan bo’lsa, unda 1 marta qutqarilgan odam yana cho’kkanidan so’ng qutqarilishi taqiqlanishi mumkin. Ishtirokchilarni baholashda o’yinda olgan individual ballarini hisobga olinadi. Ya’ni raqib jamoadan 2ta ishtirokchini cho’ktirib o’z jamoasidan 3tasini qutqargan bo’lsa (2+3) 5 ballga ega bo’ladi.

Misol uchun savollar (6-sinf kitobidan):
Savol: What do you want to be?
Javob: I want to be a doctor
Savol: What kind of houses do you know?
Javob: brick, mud, stone, yurt

O’z sinfingizga qo’llab ko’ring. Va o’quvchilariz qanday qabul qilganini yozib qoldiring.
Agarda siz ham shunga o’xshash o’yinlarni bilsangiz biz bilan baham ko’ring! 🙂

 

4.1 18 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
3 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments