Qabul 2019: Hujjatlar ro’yxati va topshirish tartibi

Abituriyent

Ushbu yildan boshlab, davlat xizmatlari markazi yoki  orqali faqatgina 5ta OTM ga hujjat topshirish mumkin bo’ldi.
Ular:

1. Toshkent davlat yuridik universiteti
2. Qoraqalpoq davlat universiteti
3. Guliston davlat universiteti
4. Farg‘ona davlat universiteti
5. Samarqand davlat universiteti
Davlat xizmatlari markazlarida quyidagilar uchun hujjatlar qabul QILINMAYDI: Yuqorida berilgan ro’yxatdan tashqari OTMlar, magistratura, sirtqi ta’lim, xususiy OTMlar hamda harbiy ta’lim muassasalari.

Hujjat topshirish uchun faqat pasport hamda diplom (shahodatnoma) bo‘lsa kifoya. Mabodo imtiyozi bo‘lsa, uni tasdiqlovchi hujjat. Joriy yildan boshlab tibbiy ma’lumotnoma (086-forma) hamda 3×4 rasm topshirish shart emas!
Endi abituriyent hujjat topshirmaydi, balki original hujjatlarini ko‘rsatib, ro‘yxatdan o‘tadi va o‘zi bilan qaytarib olib ketadi;

Hujjatlar olib qolinmaydi!

Davlat xizmatlari markazi orqali hujjat qabul qilish xarajatlarini qoplash uchun abiturientlardan EKIH 10% miqdorida to‘lov undiriladi (bugungi kunda 20 ming 273 so‘m). Bu to‘lov hammadan olinadi va bu to‘lovni oldingi o‘quv yilida bitirganlardan olish taklif etilayotgan EKIH 1 barobari miqdoridagi to‘lov bilan adashtirmaslik kerak.

Joriy yil OTMlar uchun qabul va imtihon jarayonlari taxminan quyidagi muddatlarda bo’lib o’tadi:

Kunduzgi ta’lim uchun qabul jarayonlari: 👉 15-iyundan 15-iyulga qadar (ayrim sabablarga ko’ra kechikyapti)
Kirish imtihonlari: 👉 20-iyuldan 15-avgustga qadar

Sirtqi ta’lim uchun qabul jarayonlari muddati: 👉 1-iyuldan 15-iyulga qadar
Kirish imtihonlari muddati: 👉16 avgustdan 25 avgustga qadar bo’lib o’tadi

 

3 2 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
58 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments