O’quv markazi ochmoqchiman… Nimalarni bilishim kerak?

Uncategorized

Savol: Men YATT Repetitorlik xizmatlari yo’nalishida tashkil etganman. Men ishxona ochishdan oldin Ingliz tilida dars o’tishimni ta’kidlaganman. Ishxona ochdim. Hozir ochganimga 1 yil bo’lib qoldi. Hozirda Ingliz tili Rus tili Matematika va Tarix tashkil etilgan. Lekin kecha litsenziya nazorat qilish markazidan odamlar kelib sizning xujjatingiz bilan til o’qitib bo’lmaydi. Litsenziya oling deyishyapti. Repetitorlik xizmatida ingliz tili o’qitish sohasi yo’qmi? Rus tilichi? Javob uchun rahmat

YURIST JAVOBI:

Vazirlar Mahkamasining 27.03.2018 yildagi 241-son qarori bilan Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Belgilanishicha, 1.04.2018 yildan boshlab mazkur faoliyat turiga litsenziyalarni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi beradi.

Ta’limning har bir turi uchun alohida litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Bunda quyidagi talab va shartlar qo‘yiladi:

▪️ ta’lim sohasidagi qonun va qonunosti hujjatlariga majburiy rioya qilish;
▪️ ta’lim-tarbiya jarayonini davlat ta’lim standartlariga (davlat talablariga), o‘quv rejalariga va ta’lim dasturlariga muvofiq tashkil etish;

▪️ litsenziya da’vogarida litsenziyalanayotgan faoliyatni bajarish uchun mo‘ljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, belgilangan talablarga muvofiq binolarning (xonalarning) mavjud bo‘lishi;

▪️ auditoriyalarni, o‘quv xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya asbob-uskunalari, o‘qitishning texnik vositalari va anjomlar bilan jihozlash;

▪️ta’lim dasturlarining belgilangan darajasini amalga oshirish uchun o‘quv binolarini zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash;

▪️ ta’lim dasturlarini umumiy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim davlat ta’lim standartlariga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;
▪️ ta’limning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda bo‘lishi, ta’lim jarayonida urushni, zo‘ravonlikni targ‘ib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va ma’naviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlari buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
▪️ iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash orqali ta’lim-tarbiyaning yuqori sifatini ta’minlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish;

▪️ ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olib, o‘qitishning innovatsion shakllari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida ta’lim sohasidagi samaradorlik va natijadorlikni oshirish;
▪️ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami tarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar umumiy sonining 10%idan kam bo‘lmagan miqdorda bepul o‘qishga qabul qilish;
▪️ bitiruvchilarga belgilangan tartibda ta’lim to‘g‘risida hujjat berish.

Litsenziya olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali bir qator hujjatlar bilan murojaat qilinadi.

Demak, siz NTM tashkil etgan holda, faoliyatingiz uchun litsenziya olishingiz zarur deb hisoblaymiz.
Manba: @yurist_xizmati

4.2 19 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
1 Comment
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments