Fan o‘qituvchilari haftada necha soat to‘garak o‘tishi kerak?

O`qituvchilarga

Xalq ta’limi Vazirligining 2011 yil 4 iyuldagi “Maktablarda tashkil etiladigan to‘garaklar o‘quv dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 143-sonli buyrug‘iga asosan to‘garaklar fan o‘qituvchilari tomonidan 1 stavka ish yuklamasi uchun haftasiga 2 soat (1 soat “Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar” uchun, 1 soat “Iqtidorli o‘quvchilar” uchun) o‘tilishi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, Xalq ta’limi vazirining 2017 yil 1 dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya natijadorligini ta’minlashda xalq ta’limi boshqaruv idoralari va ta’lim muassasalari rahbarlari mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” gi 367-sonli buyrug‘ining 7 bandida ham barcha fan o‘qituvchilari tomonidan (pedagogik yuklamasiga muvofiq o‘quvchilar bilan individual ishlash hisobidan) haftasiga 2 marotaba 2 soatdan fan to‘garaklari o‘tilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.

3.8 20 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
0 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments